Makedoniya politsiyasi Gretsiya bilan chegaradan oqib kelayotgan mingdan oshiq g'azablangan muhojirlar bilan nima qilishni bilmaydi.
Tumonat odamni eplay olmayotgan Makedoniya payshanba kuni favqulodda holat e'lon qildi.
Migrantlar bugun tunda to'siqlarni yorib o'tishga harakat qilgan.
Politsiya ularni to'xtatish uchun ko'zni yoshlantiruvchi gazni ishga solgan. Hukumat chegaraga armiyani safarbar etmoqchi.
Muhojir erkak, ayol va bolalarning deyarli hammasi Afg'oniston, Iroq va Suriyadan. Ular vatanidagi urush, qashshoqlikdan qochib Yevropaga qochmoqda.