16 yoshli pokistonlik o’quvchi qiz Malala Yusufzoy kecha Vashingtonda AQSh prezidenti mehmoni bo’ldi. Oq uyda uni Barak Obama, rafiqasi Mishel va qizlari Sasha va Malia kutib oldi.
Prezident Obama nazarida Malala Yusufzoy o’z vatanida qizlar haq-huquqlari, bilim olish uchun erkinlik yo’lida kurashayotgan jasur qiz.
O’tgan yili uni Tolibon o’qqa tutgan, Malala boshidan yaralangan va uzoq davolanib oyoqqa turgan. Voqea unga va u ko’targan mavzularga nisbatan dunyo bo’ylab e’tiborni kuchaytirib, bugun Malala global yulduzga aylangan.
Hatto tinchlik yo’lidagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga ko’rsatildi. Bu unvon unga nasib etmadi, ammo Malala Yusufzoy Yevropa Ittifoqining Saxarov nomidagi Fikr erkinligi sovriniga loyiq topildi.
“Har bir inson ilm olishga haqli. Bilim uni kamolot va farovonlik sari yetaklaydi. Qizlarni o’qitmang deb chiqayotganlar ayollar jamiyatda ezilib yashashi va hech qanday qudratga ega bo’lmasligini istaydi. Ular ilmdan qo’rqadi, chunki o’qigan inson zulmga bosh egmaydi”,- deydi Malala Yusufzoy.
Malala Pokistonning Svot vodiysidan. O’tgan yillar ichida Tolibon bu yerni o’ziga makon qilib olgan. Aholi cheksiz azob-uqubatda, och-nahor, jangari kuchlar ularni talash va qiynoqqa solish bilan band, deydi Malala G’arb matbuotiga bergan intervyularida.