Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubda 39 kishini o’ldirganlikda ayblanayotgan odam ushlangan. Turk matbuotiga ko’ra, o’zbekistonlik Abdulqodir Masharipov dushanba kuni Istanbulning Esenyurt mahallasida, qirg’izistonlik do’stining uyida qo’lga tushirilgan.