Ukraina mavzusi shu kunlarda nafaqat siyosatshunoslar va davlat arboblari, balki oddiy odamlar orasida ham qizg’in bahs-munozaralar keltirib chiqarmoqda. Hissiyotlarga berilayotganlarning aksariyati Ukrainada hech qachon bo’lmagan va voqealarga xorijdan turib baho bermoqda.
"Amerika Ovozi" Maydonda ukrainaliklar bilan Yanukovich tuzumiga qarshi kurashda o'zbekistonliklar ham qatnashganini o'rgandi. Odil Ruzaliev inqilob guvohi va ishtirokchisi, jizzaxlik bu yigit bilan suhbatda bo’ldi.
Odil Ruzaliev: "O’tgan kuni internetda Kiyevdagi jarayonlarga doir suratlarni ko’zdan kechirayotib, inqilobiy omma qo’lida ushlab turgan Ukraina milliy bayroqlari orasida O’zbekiston bayrog’iga ham ko’zim tushdi. Kecha esa bir maqola o’qib, Maydondagi voqealarda ishtirok etgan bir o’zbekistonlik yigit haqida o’rgandim. So’ng u bilan bog’lanib, suhbatga tortdim".
(Reportajning to'liq shakli quyidagi audio ko'rinishda)
Shavkat Muhammadqulov asli Jizzaxning G’allaorol shahridan, yoshi 31 da. Toshkentdagi Milliy universitetda bir yil tahsil olib o’qishni tashladi. Quruvchi bo’lib ishladi. Qozog’istonda omadini sinab ko’rdi. Rossiyadan deportatsiya bo’lgani uchun Ukrainaga borishga qaror qildi. Bir yildan so’ng bu mamlakatdagi tarixiy voqealarning nafaqat guvohi, balki ishtirokchisiga ham aylandi.
Shavkat Viktor Yanukovich hukumatiga qarshi boshlangan harakatning boshidan, ya’ni noyabrdan beri Kiyevning Mustaqillik maydonida.
Shavkat O’zbekistonda huquq-tartibot organlari zug'umi va korrupsiyaga qarshi.
“Har qadamda poraxo’rlik. Ukrainada ham xalq shunga qarshi bosh ko’tardi”, - deydi u.

Faolga ko’ra, Kiyevdagi namoyish boshida oz sonli bo’lib, tinch o’ta boshladi. So’ng huquq-tartibot organlari ularga qarshi kuch ishlatgach, namoyishchilar o’zini himoya qilishga majbur bo’ldi. Maydon borgan-sari yiriklasha bordi.
Shavkat Muhammadqulovning aytishicha, tartibsiz boshlangan harakat keyinchalik o’z tizimi, qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Namoyishchilarning bir qismi muayyan partiya yoki guruh tarafdorlari bo’lsa, boshqalar maydonchilarga o’z ixtiyori bilan qo’shildi, deydi u.
Shavkatga ko’ra, Maydondagilarning har biriga vazifa yuklandi, shu jumladan unga ham. Jizzaxlik yigit Maydonning tibbiy va ta’minot bo’limlarida hamda oshxonasida xizmat qildi, o’ziga o’xshagan bir necha o’zbek bilan tanishdi.
Shavkat Muhammadqulovning faolligi va xizmati e’tiborsiz qolmadi. Viktor Yanukovich Rossiyaga qochib, hukumatga yangi kuchlar kelgach, Shavkatga Kiyev shahar ma’muriyatida Maydon hokimiyati tomonidan ta’sis etilgan texnik va ichki xavfsizlik bo’limini boshqarish vazifasi topshirildi.
Shavkat Muhammadqulovning aytishicha, faollarning ko’pi boshqa shaharlardan kelgan. Bir necha ming sonli olomon hozirda Maydon atrofidagi ayrim mehmonxonalar, bo’sh qolgan binolarda turibdi.
“Shahar bo’ylab xayriya qutilari o’rnatilgan, mahalliy tadbirkorlar ularni moliyaviy tomondan qo’llab-quvvatlab turibdi”, - deydi u.
Shavkat faollar orasida millatchi guruhlar borligini inkor etmaydi.
“Maydondagi voqealar O’zbekistonda ham takrorlanishi mumkinmi degan” savolga Shavkat “yo’q” deb javob beradi. Uning aytishicha, xalq 2005-yilgi Andijon qirg’inidan so’ng qo’rqib qolgan.
“Yanukovich Andijondagi choralarni Kiyevda qo’llaganida namoyishlarni bostira olishi mumkinmidi” degan savolga ham suhbatdosh “yo’q” deb javob beradi.
Shavkat Muhammadqulov Qrim bilan bog’liq vaziyat bo'yicha fikrini ham bildirdi. Uning aytishicha, hudud avtonom, o'z kelajagini o'zi belgilashi mumkin. U yerda xavfli vaziyat yuzaga kelib, yordam so'ralsagina, "maydonchilar" yarimorolga yurish qilishga tayyor, deydi u.