Breaking News

O’zbekistonda silning og’ir turi keng tarqalgan


“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotiga ko’ra, dunyo bo’ylab sil kasalligiga chalinganlar soni tobora oshib bormoqda.

Sil kasalligining oddiy dorilar bilan davolab bo’lmaydigan, murakkab shakli keng tarqalmoqda. Davolanmasa, unga chalingan odam bir necha oy yashay oladi xolos.

Chegara bilmas shifokorlar” dunyo bo’ylab o’z klinikalarida bu borada ma’lumot to’playdi.

“Osiyo, Afrika, Markaziy Osiyo… Qay mintaqada ishlasak, o’sha yerda mana shu muammo…”- deydi Lezli Shanks, tashkilot rahbari.

“O’zbekiston shimolida sil kasalligiga chalingan bemorlar orasida muntazam ravishda testlar o’tkazamiz. Ro’yxatga olingan bemorlarning uchdan ikki qismida uning murakkab shakliga guvohmiz”.

"Chegara bilmas shifokorlar"
"Chegara bilmas shifokorlar"
Tashkilotga ko’ra, O'zbekistondagi ahvol jiddiy e’tibor talab qiladi. Bemorlarning bor-yo’g’i 10 foizi davolanish imkoniyatiga ega.

Eng ayanchli vaziyat Qoraqalpog’istonda. “Chegara bilmas shifokorlar” u yerda bir necha yildan buyon ishlaydi, ayni damda muxtoriyatning yettita tumanida.

Kasallikni nazorat qilish kerak, dori-darmon yetishmaydi, tibbiy xodimlar zarur treninglardan o’tishi kerak.

“Chegara bilmas muxbirlar” va mahalliy mutaxassislar hamkorligida silning murakkab shaklini aniqlovchi yangi tizim joriy etildi. 2011-yilda Qoraqalpog’iston bo’ylab 1500 bemor davolandi.

“Oddiy dori bilan davolab bo’lmaydigan silning paydo bo’lishiga asosan odamning o’zi sababchi”,- deydi doctor Lezli Shanks.

Ichimlik suvi Qoraqalpog'istonda bag'oyat tanqis
Ichimlik suvi Qoraqalpog'istonda bag'oyat tanqis
“Bu kasallikni noto’g’ri davolash oqibati. Dorining retseptsiz sotilishi va u tugaganida bemor boshqasini sotib olmasligi… Demak, davolash kursi oxirigacha yetkazilmaydi. Ba’zida shifokorlar bemorlarga no’to’g’ri dori yozib beradi”.

Sil kasalligining oddiy shakli olti oyda davolanadi, dori asoratlari deyarli yo’q.

Murakkab shakliga qarshi kurash esa ikki yil mobaynida kuniga taxminan 14 ta tabletka ichishni, vaqti-vaqti bilan tomirdan ukol olib turishni talab qiladi. Bosh og’riq, ko’ngil aynishi, uyquda bezovtalanish – muolaja davomida kuzatiladigan holatlar. Ko’plab bemorlar bunga chiday olmaydi, dori ichishni to’xtatadi.

O’zbekistonda ishlayotgan “Chegara bilmas shifokorlar” bemor va uning oila a’zolariga nafaqat tibbiy, balki psixologik yordam ham ko’rsatadi.

Tashkilot O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligini sil kasallariga ruhiy va ijtmoiy yordam ko’rsatuvchi doimiy dastur ochishga undamoqda.

Yana bir muammo - kasallikka qarshi yangi, zamonaviy preparatlarning yoqligi.

“Buning uchun katta mablag’ kerak. Farmatsevtika sohasi e’tibor qaratishi lozim”,- deydi doctor Lezli Shanks.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG