Meksikada qoradori savdosi bo'yicha ashaddiy jinoyatchi Xoakin Gusman qattiq mudofaa qilingan qamoqdan qochdi. Oxirgi 14 yilda Gusman turmadan ikkinchi bor qochishi. U hammom tagidan bir yarim kilometr o'ra qazib chiqib ketgan.
Bu xabar Prezident Enrike Pena Neto ma'muriyatini izza qilishi aniq, deydi mutaxassislar. Prezident qoradori savdogarlariga qarshi keskin kurashi bilan tanilgan edi.
Prezident Neto mahbus qidirib topilishiga ishonchi komil. Hukumatga kelganidan beri prezident olti nafar yirik jinoyatchini ushlagan yoki o'ldigan.
Rasmiylar turmaning 18 xodimini so'roq qilayapti.
Gusman o'tgan yilning fevralida, o'n yillik qidiruvdan keyin qo'lga tushgan. U 1993-yilda ushlangan, biroq 2001-yilda qamoqxona xodimlarining yordamida qochishga muvaffaq bo'lgan.
U boshchilik qilgan Sinaloa jinoiy guruhi Meksika va Amerika o'rtasida aksariyat qoradori savdosi uchun mas'ul. Guruh ikki davlat o'rtasida kokain, marixuana va boshqa giyohvand moddalar olib o'tiladigan tunellar kavlab chiqqan.