Breaking News

AQSh taqdim etgan tinchlik rejasidan falastinliklar norozi


Xalqaro hayot - 26-iyun, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Xalqaro hayot - 26-iyun, 2019-yil

Bahraynda o’tgan xalqaro konferensiyada Qo’shma Shtatlar Isroil va Falastin o’rtasidagi uzoq yillik mojaroni tugatishga qaratilgan rejasini e’lon qildi. “Tinchlik evaziga taraqqiyot” deb atalmish tashabbus Falastin va qo’shni mamlakatlarga milliardlab dollar sarmoya jalb qilishni ko’zlaydi. Prezident Donald Tramp uni “asr kelishuvi” deya olqishlamoqda, ammo falastinliklar norozi.

Regiondagi siyosiy muammolarga iqtisodiy yechim ish berishiga hech kimning ko’zi yetmaydi. Tramp ma’muriyati 2017-yilda Quddusni Isroil poytaxti deya tan olganidan buyon Falastin Vashingtonga qarshi boykot e’lon qilgan.

Bayrayn poytaxti Manamada o’tgan anjuman oldidan Iordan daryosining g’arbiy sohilida, shuningdek, Marokash poytaxti Rabatda namoyishlar bo’lib o’tdi.

“Unda qatnashayotgan davlatlar, tashkilotlar, shaxslar - barchasi xoinlar tomoniga o’tib olgan”, - deydi namoyishchilardan biri.

“Tinchlik evaziga taraqqiyot” rejasi yuzasidan qatnashchi davlatlarning ham qarashlari turlicha. Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Iordaniya va Isroil ishtirok etgan bo’lsa-da, yuqori martabali rasmiylarini yubormagan.

AQShdan Moliya vaziri Stiven Mnuchin hamda Trampning kuyovi, reja muallifi Jared Kushner borgan.

“Reja asosida regionga 50 milliard dollarlik sarmoya kiritiladi. G’arbiy sohil va G’azoda millionlab ish o’rinlari ochilib, ishsizlik 10 foizgacha, qashshoqlik 50 foizga kamayadi. Hamma gap ishni to’g’ri yo’lga qo’yishda. Bu 10 yillik reja”,- deydi Kushner.

Tramp ma’muriyatiga ko’ra, Bahrayndagi konferensiya falastinlikla uchun bir imkoniyat. Agar ular Isroil bilan tinchlikka rozi bo’lsa, milliardlab dollar sarmoyaga yo’l ochiladi. Falastin rahbariyati nazarida esa AQSh bunday iqtisodiy reja orqali Falastinni mustaqil davlatchilikdan mahrum qilmoqchi.

“Isroil va Qo’shma Shtatlar falastinliklar hisobiga arablar bilan aloqani yaxshilashmoqchi xolos. Bunga aslo ko’nmaymiz, oldin ham rad etganmiz. Falastin xalqi har qayerda bo’lmasin, ular Prezident Mahmud Abbos yetakchiligi ostida birdam”, - deydi Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtayyeh.

Tanqidchilar nazarida, Tramp ma’muriyati Falastin taqdirini Isroil bilan yaqinlashib borayotgan arab davlatlari qo’liga topshirmoqchi. Falastinning davlatchilik orzusini o’z ichiga olmagan har qanday reja ish bermaydi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG