Breaking News

Yuzlab suriyalik qochoqlar Yevropadan panoh izlayapti


Suriyadagi urush asoratlari. Savdogarlar Turkiyadagi suriyalik qochqinlardan unumli foydalanayapti va ularni katta pul evaziga, noqonuniy yo'llar bilan Yevropaga elayapti.
Suriyadagi urush asoratlari. Savdogarlar Turkiyadagi suriyalik qochqinlardan unumli foydalanayapti va ularni katta pul evaziga, noqonuniy yo'llar bilan Yevropaga elayapti.

Shu hafta Italiya sohillari yonidagi ikki kemadan yuzlab qochqinlar qutqarib olindi.

Suriyalik yuzlab qochoqlar Yevropadan panoh izlayapti - Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00

Chorshanba kuni rasmiylar 700 dan ziyod migrant ketayotgan bir kemani qaramog'iga olgan edi. Moldovada ro'yxatdan o'tgan kemada migrantlarning ko'pi suriyalik va kurd qochqinlari ekani aniqlangan.

Juma kuni Siyerra-Leone bayrog'i qadalgan boshqa bir kema xalos qilindi. U yoqilg'isi tugab dengizda sarson qolayotgan bo'lgan. Bortida chamasi 450 odam, jumladan, ayollar va bolalar borligi aytiladi. Aksariyati suriyalik qochqinlar.

Har ikki holatda ekipaj a'zolari odamlarni tashlab qochib, kema esa avtopilotda Italiya tomon suza ketgan.

Natijada Italiya sohilbo'yi qutqaruv xizmati yo'lovchilarni portga olib kelishga majbur bo'layapti.

Odam savdosi bilan mashg'ul guruhlarning yangi metodi bu. Ular shu yo'l bilan Italiyaning ochiq dengizda patrul xizmatini tugatish qaroriga moslashayapti. Avvallari ko'psonli patrul qayiqlar ochiq dengizda zir aylanib kuzatuv olib borar edi. Odam savdosi bilan mashg'ul guruhlar esa qochqinlarni kichik qayiqlarga joylar, patrul ularni ertami kechmi payqar edi. Endi esa bunaqa patrul xizmati yo'q.

Londonlik professor Jon Salt nazarida Italiya ko'rgan yangi chorani migrantlar ham, inson savdosi bilan shug'ullanuvchi guruhlar ham pisand qilmayapti.

"Italiya Mare Nostrum operatsiyasini tugatib, qochqinlarga "kelib o'tirmang, baribir qutqarmaymiz" demoqchi edi. Bu siyosat uzoq muddatda ish beradimi-yo'qmi, vaqt ko'rsatadi", - deydi professor.

Italiya endi patrulni Yevropa Ittifoqining "Frontex" nomli agentligiga yukladi. Bu idorada qochqinlar oqimini eplash uchun zaxira yetarli emas, patrul qayiqlari soni ham kam.

Odam savdosi bilan mashg'ul guruhlar noqonuniy migrantlarni katta pul evaziga Yevropaga eltadi. Ular yangi qoidalarga tezda moslashib, kemalarni o'zini-o'zi boshqarishga o'tkazayapti. Ekipaj a'zolari qochib qoladiyu, qochoq to'la kemalar yo'lida davom etadi.

Natijada jinoiy guruhlar kemalaridan ayriladi. Lekin professor Saltning aytishicha, ko'pi ancha eski kemalar.

Shunisi ayonki, savdogarlar Turkiyadagi suriyalik qochqinlardan unumli foydalanayapti va ularni Yevropaga eltishning yangi usulini qo'llayapti.

Professor Saltning aytishicha, buning og'iri Yevropa janubidagi davlatlar, ayniqsa, Italiya va Gretsiyaga tushayapti. Holbuki, bu mamlakatlar shundoq ham Afrikadan oqib kelayotgan qochqinlar va iqtisodiy tanazzulni ko'tarishga majbur.

Suriyalik qochqinlar
Suriyalik qochqinlar

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG