Breaking News

BMT: Migrantni himoya qilish har bir hukumatning burchi


Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ko'ra, dunyo bo'ylab hozir 175 milliondan oshiq migrant-ishchi bor. Jahon Banki ma'lumotlariga ko'ra, 2012-yilda global miqyosida ular 500 milliard dollardan oshiq mablag' uzatgan.
Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ko'ra, dunyo bo'ylab hozir 175 milliondan oshiq migrant-ishchi bor. Jahon Banki ma'lumotlariga ko'ra, 2012-yilda global miqyosida ular 500 milliard dollardan oshiq mablag' uzatgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi maxsus bayonot chiqarib, hukumatlarni migratsiya masalasiga jiddiy e'tibor qaratishga undamoqda.

Migrantlar haq-huquqlari/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00
Yuklab oling

BMT a'zosi bo'lgan davlat va bu mamlakatdagi tegishli idora va tashkilotlar bir narsani anglashi lozim, deyiladi unda. Migratsiya, taraqqiyot va inson huquqlariga alohida masalalar deb qaray olmaysiz. Qay jamiyatda bo'lmasin, uchalasi bir-biriga chambarchas bog'liq.

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi davom etarkan, 3-4 oktabr kunlari Inson huquqlari kengashi yuqorida tilga olingan mavzuni ko'rib chiqmoqda. Unda turli davlatlar o'z tajriba va muammolarini ochiq muhokama qilib, ishchi-muhojirlar taqdiri xususida oshkora ma'lumot berishga undalmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarga chetdan ishlashga kelishsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi xorijda ishlashga intiladi. Rivojlangan davlatlar arzon ishchi kuchidan foydalansa, rivojlanayotgan davlatlar o'zga yurtda topilayotgan daromadga tayanadi.

Mana shu faktga asoslangan holda, deya bildiradi BMT, migrant huquqlari ta'minlanishi va uning manfaatlari himoya qilinishi shart. Hukumatlar bu borada o'zaro muzokaralarga kirishib, zarur hujjatlar imzolashi va eng muhimi, ishchi-muhojirlar haqqini tan olishi lozim.

Migrant ishchi ham inson, uning ham huquqlari bor. Unga iqtisodiy taraqqiyot yo'lida xizmat qiluvchi kuch deb qarashning o'zi yetmaydi. Undan kelayotgan mablag' aholi turmushini yaxshilaydi. Shu bois ham bu kuchni suiiste'mol qilish adolatsizlik va noinsoniylikdir, deya izohlanadi BMT maxsus bayonotida.

Tashkilotga ko'ra, har bir davlatda quyidagi masalalar hal etilishi kerak:

- Chegaradan o'tishdagi to'siqlar;
- Vatanga kirib-chiqishdagi qiyinchiliklar;
- Xato topilganida migrantni jinoyatda ayblash, qo'rqitish;
- Migrantlarni asossiz qamab qo'yish;
- Qoida va qonunlarni buzgan migrantlarga nisbatan keskin choralar ko'rish;
- Migrantlarning huquqlarini tan olmaslik;
- Etnik nafrat va zo'ravonlikka qarshi sust kurash;
- Migrantga o'zini himoya qilish yo'llarini o'rgatmaslik;
- Migrant ishlayotgan mamlakatda uning sog'lig'ini saqlash, bilim olib, shaxs sifatida ravnaq topishi, ijtimoiy va madaniy jihatdan yakkalanib qolmasligi uchun sharoit yaratilmagani;
- Migrantning oilasi va farzandlari uchun zarur sharoit yo'qligi.

Bularning barchasi bilan nafaqat mezbon davlat balki migrantning ona vatanidagi hukumat ham jiddiy shug'ullanishi shart, deya qayd etadi BMT. Toki huquqi buzilganida yoki biror yordam kerak bo'lganida migrant ham mezbon mamlakat, ham vatandan madad ola bilsin. Adliya tizimi, huquq tashkilotlari va mustaqil organlar bu borada sa'y-harakatlarni kuchaytirsin.

BMT Inson huquqlari kengashi Bosh Assambleyani yuqoridagi talab va tavsiyalarni o'z ichiga olgan hujjat qabul qilishga va a'zolarga majburiyatlarni eslatib turishga chaqirmoqda.

BMT qoshidagi Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ko'ra, dunyo bo'ylab hozir 175 milliondan oshiq migrant-ishchi bor. Ular yiliga yuzlab milliard dollar miqdorida pul topib, vatanga jo'natadi.

Jahon Banki hisobicha, 2012-yilda global miqyosda ular 500 milliard dollardan oshiq mablag' uzatgan. Bu mehnatkashlarning 15 foizi hujjatsiz ekani taxmin qilinadi. Nafaqat hujjatsiz balki hujjatli muhojirlarning ham huquqlari muntazam ravishda buziladi.

Bu yil oxirigacha migrant ishchilar vataniga jami 550 milliard dollar yuborishi kutilmoqda. Tojikistonda yalpi milliy daromadning deyarli yarmi chet eldagi mehnatkashlardan kelmoqda, Qirg'izistonda 31 foiz bo'lsa, O'zbekistonda 6,5 foiz.

Muhojir ishchilaridan eng ko'p daromad oladigan davlat bu Hindiston, yiliga 71 milliard dollar. Ikkinchi o'rinda Xitoy, yiliga 60 milliard dollar.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG