22 yoshli Zubayda vatanidagi onasi va uch farzandini boqadi. Yosh bo’lishiga qaramay muhojirotning baland-pastini ko’rgan. Ikki yildan beri Rossiyada, Moskvada. Savdo markazida sotuvchilik qiladi.
Ikki katta farzandini ikki yildan beri ko’rmadi. Turmush o’rtog’i og’iroyoq paytida tashlab ketgan, chaqalog’ini rus roddomiga boy berishiga sal qolgan paytlar ham bo’lgan.
“Tug’uruqxonada uchinchi farzandim bilan ko’zim yorigan, erim mendan ajrab, boshqasi bilan yashayotgan payt edi. Moskvada kvartirada ko’pchilik bo’lib yashar edik. Bola bilan meni kiritishmasligini bilar edim. Roddomda bir oy bolamga qarab turishsin deb iltimos qildim. Lekin ular ikki-uch hafta olib qolamiz faqat, deb javob qilishdi. Shunda menga Madina Yo’ldoshevaning (Muhojir onalarga yordam beruvchi tashkilot vakili) telefonini berishdi. Bolamni tug’uruqxonada qoldirib, u bilan uchrashdik. Qanday yordam kerak deb so’radi. Men faqat vaqt kerak kvartira topish uchun”, - deydi Zubayda.
Oradan bir oz vaqt o’tdi. Rossiya qonunlariga ko’ra, ona bolasini yarim yil davomida olib ketmasa, onalik huquqidan ayriladi. Tug’uruqxonadagilar Zubaydaning qizini to’rt oy boqib turishdi.
“Keyin borsam, roddomdagilar olma bolangni, ikkita farzanding bor-ku, bunisini tashlab ket, deyishdi. Endi 22 yoshga kirding, erga tegishing kerak-ku, deyishdi. Men bolamni tashlash uchun tuqqanim yo’q, shunaqa niyatim bo’lganida oldirib tashlardim, dedim. Lekin men farzandimni hech qachon tashlamayman, menga bola kerak, er kerak emas, dedim. Bolamning qog’ozlarini tayyorlashda Madina Yo’ldoshevaning tashkiloti yoldam berdi, ovqati, kiyim-boshi, kolyaskasigacha topib berishdi”, - deydi Zubayda.
Bir oy bo’ldi, u qizini vatani Tojikistonga jo’natdi. Hamma bolalariga hozir onasi qarayapti, ayol topganini shularga yuboradi.
“Bolalarimga uy-joy qilmaguncha Moskvada ishlayveraman. Birgina niyatim shu”, - deydi yosh juvon.
Hozir Moskvada kvartirada yashaydi. Xonadoshlari bor. Ko’zi yoriyotganida ham shu qizlar qarashib yubordi.
“Men ishdan kelib, uyda tuqqanman qizimni. Ishdan kelib, yarim soatdan keyin dard tutdi. Yaxshi kvartiradagi qizlarning bittasi medinstitutni tamom qilgan, shu qabul qilib oldi. Keyin tezyordam mashinasi kelib meni olib ketdi tug’uruqxonaga”, - deydi Zubayda.
Zubayda turmushga chiqqanida 16 yoshda edi. Eri u bilan besh yil yashab, tashlab ketdi. “Sening hech narsang yo’q, otang o’lib ketgan”, deb Rossiyada uyi bor boshqa ayolning yoniga ketdi, deydi Zubayda.
“Meni kaltaklar edi, lekin chidadim, chunki onam menga shunday tarbiya bergan edi. Bolalarim uchun hamma narsaga chidashga tayyor edim. Parikmaxer bo’lib ishlar edim, erim mening ishlagan pulimni tortib olib urardi. Tug’uruqxonada meni yolg’iz tashlab ketdi. Ishim yo’q, biletim bor uyga ketaman, dedi. Sen bor, ana boshqa qizlarday o’zingni sotib pul top, dedi”, - deydi muhojir ayol.
Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, Moskvada hamma narsa bor, deb hisoblaydi u. Birgina muammo – uy. Qizi bu yerdaligida ikki oy enagaga topshirib qo’ydi. Oyiga 20 ming rubl to’lar edi.
“Har kuni katta bo’layapti, narigi ikkitasi bog’chaga boradi, ularga to’lash kerak. Bitta uy bo’lsa, shu yerga olib kelvolar edim. Bizning Tojikistonda yo’q bunday sharoit”, - deydi migrant ayol.
“Moskvada onalar oldidagi asosiy muammo – bolani qayerga qo’yish... Hamma ishlab keladi, kvartirada odam ko’p, joy yo’q, bolaning xarxashasini kim ko’taradi shunaqa sharoitda? Men bitta qizim uchun kvartirani ijaraga olib, oyiga 30 ming rubl to’lashga majbur bo’ldim. Kimga yoqmaydi bolalari yonida bo’lsa? Men o’g’lim 3 oyligida tashlab kelganman, mana hozir 2 yoshga to’ldi. Hali uyga borganim yo’q, chunki bunday sharoitim yo’q”, - deydi u.
Zubayda ruscha bog’chaga borib, ruscha maktabda o’qigan. Tilni bilar edi, o’zbekchani ham, tojikchani ham. Bugun xitoyliklar bilan ishlayapdi. Ularning ham tilini o’rganib oldi.
“Ko’p qizlarni bilaman, tilni bilishmaydi. Ularni hech yerga ishga olishmaydi. Ilojsiz ko’chada qolib, buzilib ketishadi. Homilador bo’lib, bolani tug’adi-da keyin uyiga qaytib ketadi”.
Zubayda birinchi kelganida 500 rubl topar edi. Hozir kuniga 1800-2000 rubl, ya’ni 70 dollar oladi.
“Chunki chidab ishladim, bizning qizlarning anchasi chiday olmaydi”, - deydi yosh muhojir ona.