O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi sobiq muftiysi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning 10-mart kuni vafot etishi o'zbek dindorlari uchun kutilmagan va og'ir yo'qotish bo'ldi.
Taniqli o'zbek olimi so'nggi yillarda O'zbekistonda diniy adabiyotlarni erkin nashrdan chiqara olishi bilan xalqqa diniy ma'rifat ulashib kelayotgan yagona shaxs edi. U kishining bevaqt o'limi musulmon jamiyati yetakchilarini, endi nima bo'ladi, degan savol bilan qiynamoqda.
"Amerika ovozi" 90-yillar boshida Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan diniy idorada birga ishlagan o'zbekistonlik Maqsud Tojiboyev bilan shu mavzuda suhbatlashdi. Tojiboyev Buxorodagi Mirarab madrasasida, so'ngra Misrning Al-Azhar universitetida tahsil olgan. Ayni paytda AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiladi. Marhamat tinglang.