Katta Sakkizlik sammitida Fransiya, Rossiya va AQSh rahbarlari Armaniston va Ozarbayjonni Tog’li Qorabog’ mojarosini tinch yo’l bilan hal etishga undadi.
“Amerika Ovozi” muxbiri Jeyms Bruk bu hududda bo’lib, tugamagan urush asoratlarini o’rgandi.
Ozarbayjonning hozirda armanlar nazoratida bo’lgan Tog’li Qorabog’ viloyatida janglar tugaganiga deyarli 20 yil bo’lgan. Shunga qaramay, u yerda tanklarga va odamlarga qarshi ishlatiladigan minalar hamda kassetali bombalar ko’p uchraydi.
Nik Smart AQShning “Halo” xayriya tashkiloti xodimi, Qorabog’da ishlaydi. 190 hamkasbi bilan bu yerlarni minalardan tozalamoqda.
“20 o’tib ham odamlarni o’ldirishga qodir minalar topiladi bu yerda. Ular juda yaxshi saqlangan. Agar zararsizlantirilmasa, yana kamida 10 yil yaxshigina ishlashi mumkin”, - deydi u.
2000-yildan buyon “Halo” tashkiloti Tog’li Qorabog’dagi minalashtirilgan yerlarning 75 foizini tozalashga muvaffaq bo’ldi. 66 ming dona bomba topilib, zararsizlantirildi.
Shunga qaramay bu hudud mina qurbonlari soni jihatidan dunyoda birinchilardan.
“Eng katta muammo Qorabog’ tashqarisidagi hosildor yerlar. Bu yerni dehqonlarga berish mumkin edi, ammo urush paytida strategik ahamiyatga ega bo’lgani sababli, bu yerlar minalarga to’la”, - deydi faol.
Shu hafta boshida Shimoliy Irlandiyada yig’ilgan Katta Sakkizlik a’zolari, xususan Rossiya, Fransiya va AQSh rahbarlari Armaniston bilan Ozarbayjonni mojaroni tinch yo’l bilan hal etishga undadi.
Ammo Moskvada chiqadigan “Vedomosti” gazetasiga ko’ra, Rossiya Ozarbayjonga umumiy narxi bir milliard dollarga teng tanklar, artilleriya to’plari hamda raketalar sotishini mo’ljallayapti.
Armaniston poytaxti Yerevandan tahlilchi Richard Giragosyan tinchlik mustahkam emasligidan xavotirda.
“Mintaqamizda qurollar poygasi davom etayotganiga guvohmiz. Har ikkala taraf mudofaa maqsadlarida ajratiladigan byudjetni oshirgan holda hamda eng zamonaviy qurol-aslaha sotib olish orqali tinchlikni saqlab turibdi”, - deydi tahlilchi.
Tog’li Qorabog’da odamlar urushni yaxshi eslaydi, o’sib kelayotgan avlod bu mojaro dahshatlarini bilmasin, deydi ular.