Bundan deyarli 20 yil avval armanlar va ozarbayjonlar o’rtasidagi qonli mojaroga vaqtincha nuqta qo’yilgan edi.
1994-yilda sulh imzolanib, yuridik jihatdan Ozarbayjon hududi, ammo amalda Armaniston nazoratida bo’lgan Tog’li Qorabog’da hozircha tinchlik hukm surmoqda. Lekin Ozarbayjonda prezident saylovlari yaqinlashar ekan, mojaro qayta boshlanishi mumkin degan xavotir bor.
Shushidagi musiqa maktabida yangrayotgan qo’shiq va musiqa armancha. Shaharni ham, u joylashgan Tog’li Qorabog’ni ham armanlar nazorat qiladi.
Ammo tashlandiq masjid bu hudud azaldan Ozarbayjonga tegishli ekanidan darakdir. Arman tanklari ustida oq xochlar chizilgan - urushni eslatib turadi.
Hududda qayta qurish ishlari avjida. G’oyoki nizo hal bo’lganu, hudud armanlarga qaytarilgandek. Tog’li Qorabog’ milliy uyushmasi raisi Ashot Gulyan butun dunyo armanlaridan yordam kelib turibdi, deydi.
“Qorabog’ning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida diaspora, ya’ni turli mamlakatlarda yashovchi armanlarning roli beqiyos. Amerika, Yevropa, Rossiya va sobiq sovet respublikalaridan kelayotgan yordam bizga jiddiy iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish imkonini beryapti”, - deydi Gulyan.
Qorabog’ni dunyo mamlakatlari bilan bog’lash maqsadida yangi xalqaro aeroport qurildi. Ammo hozircha undan foyda yo’q. Ozarbayjon rahbariyati aeroportdan uchgan samolyotlarni urib tushiramiz, deb qo’rqitgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev oktabr oyida bo’lib o’tadigan saylovlarda qatnashadi. Tog’li Qorabog’ni zarurat tug’ilsa kuch bilan tortib olishga tayyormiz, deydi u.
Ozarbayjon harbiy byudjeti 4 milliard dollarga teng. Armaniston ichki yalpi mahsuloti bilan baravar. Bu tashvishlanarli hol, deydi Ashot Gulyan:
“Ozarbayjondagi hodisalar, armanlarga qarshi bayonotlaru-kayfiyatlar, qurol poygasi, armanlardan qo’rqish – bularning bari Qorabog’ mojarosi yechimiga to’g’anoq bo’layotgan omillar”, - deydi u.
Chegarani mergan-snayperlar nazorat qiladi, har oyda kamida bir askar halok bo’ladi.
Yerevan mintaqaviy tadqiqotlar markazi rahbari Richard Giragosyan fikricha, agar saylovoldi kampaniyasi doirasida siyosiy arboblar Qorabog’ni qaytarib olish haqida bayonotlar berishda davom etsa, urush qayta boshlanishi hech gap emas.
“Yaqin kelajakda masala siyosiy yoki diplomatik yo’l bilan hal etilishiga umid yo’q. Aksincha, urush boshlanishi ehtimoli kuchaymoqda. Ammo qizig’i shundaki, eng katta xavf – urushning tasodifan, hech qanday tayyorgarliksiz boshlanishi. Bu holda to’qnashuvlarni nazorat qilishning imkoni bo’lmaydi”, - deydi tahlilchi.
Yerevandagi yana bir tadqiqotchi, Kavkaz instituti direktori Aleksandr Iskandaryan esa Ozarbayjon Tog’li Qorabog’ga qarshi urush boshlamaydi, degan fikrda.
“Hudud puxta va mustahkam inshootlar bilan o’ralgan. Tanklarning bu yerdan o’tishi jiddiy harakat talab qiladi. Ko’plab odamlar qurbon bo’lishi turgan gap. Asoratlar juda jiddiy bo’ladi”, - deydi tadqiqotchi.
Tog’li Qorabog’ poytaxti Stepanakertda yosh bolalar ham urush har damda boshlanishi mumkinligini yaxshi tushunadi.
Mana bu boshlang’ich maktabda bundan yigirma yil avval nobud bo’lganlarga xotira devori o’rnatilgan. U yosh avlodni urush dahshatlaridan doim ogohlantirib turadi.