Breaking News

Namanganda yetti kishi jihodchilikda aybdor deb topilgan, deydi huquq faollari


Namanganda yetti kishi jihodchilikda aybdor deb topilgan, deydi huquq faollari
Namanganda yetti kishi jihodchilikda aybdor deb topilgan, deydi huquq faollari

O'zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning bayon qilishicha, Namangan shahar sudi shu yilning 28 mayida yetti fuqaroni "Islom Jihodchilari" oqimiga a'zolikda aybdor deb topib, 5-10 yil muhlatga ozodlikdan mahrum etgan.

Xususan 41 yoshli Ulug'bek Umarov 10 yilga; 35 yoshli Bahodir Kurolov, 40 yoshli G'ofurjon Karimov, 33 yoshli Nosirjon Turg'unov va 29 yoshli Mansurjon Turg'unov 7 yilga; 36 yoshli Maqsadjon Ro'ziboyev 6 yilga va 46 yoshli Bahodir Parpiyev 5 yilga kesilgan.

Sudlanganlar Namangan viloyati Norin tumanida yashagan, oilali va farzandli shaxslar, shu yilning fevral oyida hibsga olingan. Ularga jinoyat kodeksining 159-moddasi, O'zbekiston Respublikasi konstitutsion tuzumiga tajovuz qilganlik; 244-moddaning 2-bandi, diniy ekstremist, separatist, fundamentalist yoki boshqa man etilgan tashkilotlar tuzganlik, boshqarganlik va a'zolik ayblari qo'yilgan.

Sud ishini o'rganib, bu borada ma'lumot to'plagan Surat Ikromovning bildirishicha, ayb isbotlanmagan. Advokat va yaqinlari ayblanuvchilarning qiynoqqa solingani va ular aynan qiynoqlar ostida aybiga iqror bo'lganini aytmoqda.

Sudlanganlarning oilalari apellyatsiya tartibida tegishli suddan hukmni qayta ko'rib chiqishni so'ragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG