Breaking News

Rasmussen: Afg’onistondan askar, jihozlarni olib chiqish yo’llari ko’proq bo’lishi kerak


NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen
NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Pokiston Afg’onistonga yetaklovchi ta’minot yo’llarini tez orada ochadi, degan umidda.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Pokiston Afg’onistonga yetaklovchi ta’minot yo’llarini tez orada ochadi, degan umidda. Rasmussen bu haqda Avstraliyaga safari chog’ida so’zladi.


Afg’onistondagi harbiy kampaniya nihoyasiga yetar ekan, texnikani olib chiqish yo’llari qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi, dedi u Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’izistonni alohida tilga olib.

“Katta miqdordagi jihozlar, askarlar Afg’onistonni tark etishi kerak va bu g’oyat murakkab jarayon. Tranzit yo’llarini kegaytirish kerak”, - dedi Rasmussen.

O’tgan yili Afg’oniston bilan chegarada Amerika yanglish havo hujumida pokistonlik 24 askar halok bo’lgach, Islomobod NATO yuklarini o’tkazmay qo’ygan edi. Pokiston talabi shuki, Vashington kechirim so’rashi kerak, lekin Obama ma’muriyati ta’ziya izhor etgan, xolos.

Tomonlar bir to’xtamga kelmagach, Amerika Mudofaa vazirligi delegatsiyasi kuni-kecha Pokistonni tark etgan. Biroq Islomobod va Vashington muloqot davom etadi, deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG