Breaking News

NATO 2014-yildan keyin ham Afg'onistonga yordam berishda davom etadi


NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Afg'onistonda, 6-noyabr, 2014-yil.
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Afg'onistonda, 6-noyabr, 2014-yil.

NATOning yangi rahbari kutilmaganda Afg'onistonga tashrif buyurib, xalqaro kuchlar mamlakatni tark etgandan keyin ham harbiy alyans Kobulga yordam berishda davom etishini bildirdi.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenbergning aytishicha, harbiy missiyaning yakunlanishi yangi sahifaning boshlanishi, demakdir. Bu yangi hayotda Afg'oniston kelajagi afg'on xalqi qo'lida bo'ladi, dedi u.

O'tgan bir yil davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan xavfsizlik amaliyotlariga afg'onlar yetakchilik qilmoqda. Yil oxirida esa ular xavfsizlik uchun mas'uliyatni to'liq o'z zimmalariga oladi, dedi Norvegiyaning sobiq bosh vaziri.

NATO rahbarining qo'shimcha qilishicha, bu ishda afg'onlar o'z holiga tashlab qo'yilmaydi. Xalqaro hamjamiyat ularga yordam berishda davom etadi, dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG