Xitoy Afg'oniston xavfsizligi va bu davlatni qayta qurishga doir xalqaro anjumanga mezbonlik qilayapti.
Amerika va NATO askarlari Afg'onistonni tark etar ekan, Pekinning bu mamlakatdagi roli oshib borayotganidan dalolat beradi bu, deydi ekspertlar.
Pekindagi Istanbul jarayoni nomli bu konferensiyani Xitoy Bosh vaziri Li Kekan va Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani ochib berdi.
Kelasi bir necha yilda Xitoy Afg'onistonga 300 million dollar yordam va'da qilayapti. Mablag', ayniqsa, kadrlar malakasini oshirish, umuman, ta'lim sohasini yaxshilashga sarflanishi kutilmoqda.
Shuningdek, Pekin Afg'onistonda aksilterror tizimini mustahkamlashga va'da berib, Xitoy kompaniyalarini bu mamlakatga ko'proq sarmoya kiritishga da'vat etayapti.
Amerika va ittifoqchi mamlakatlar qo'shinlari sekin-asta ketar ekan, Afg'oniston shu tariqa muqobil yordam manbalarini izlayapti. Vashington Xitoy va Afg'oniston o'rtasidagi bu hamkorlikni qo'llab-quvvatlamoqda.