Breaking News

AQSh harbiylari sharqiy Yevropada kuchini namoyish etdi


Chexiya, 30-mart, 2015
Chexiya, 30-mart, 2015

Sharqiy Yevropa bo’ylab yo’lga chiqqan AQSh harbiy kolonnasi bir necha davlat chegarasini kesib o’tib, Germaniyadagi bazaga yo’l oldi. NATO, Shimoliy Atlantika alyansi shu tariqa o’z salohiyatini namoyish etmoqda.

120 zirxli mashina va yuzlab askar safarni Estoniyada boshlab, Latviya, Litva, Polsha va Chexiya hududidan qariyb ikki ming kilometr yo’lni bosib o’tdi.

“NATO anchadan buyon bunday mashq o’tkazmagan edi. Chegaralarni kesib o’tish tartibi, shuningdek, ko’priklar sinovdan o’tdi. A’zo davlatlar va ittifoqchilar himoya ostida ekanini bilsin”, - deydi NATOning Yevropa bo’yicha oliy qo’mondoni Filip Bridlav.

Rossiyani o’z xavfsizligiga tahdid deb biluvchi Polsha va Boltiqbo’yi davlatlarida askarlar iliq qarshi olingan. Joriy yilda NATO mintaqada taxminan 30 harbiy mashq o’tkazishni rejalagan.

General Filip Bridlav Ruminiyada rasmiylar bilan uchrashib, Deveselu shahrida raketa hujumiga qarshi mudofaa sistemalari o’rnatish, harbiy baza ochish to’g’risida gaplashgan. Yakuniy qarorni yaqin orada e’lon qilinadi.

Polsha, 24-Mart, 2015
Polsha, 24-Mart, 2015

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG