NATO Suriya-Turkiya chegarasiga “Patriot” rusumli raketalarni o’rnatish ustida o’ylanar ekan, Rossiya qarshi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aleksandr Lukashevichning aytishicha, mintaqaga qudratli qurol yo’llash orqali barqarorlikka erishish mumkin emas.
NATO a’zosi Turkiya 900 kilometrlik chegarani mustahkamlash, Suriyadagi urush qo’shni davlatga ham tarqalishining oldini olish uchun chora izlayapti. Anqara va alyans bir necha haftadirki muzokarada.
“Patriot” rusumidagi bu aslaha Amerika, Niderlandiya va Germaniyada bor. Rasmiy Berlin Turkiya iltimosini qondirishi mumkin ekanini bildirgan.
NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen fikricha, Rossiya tanqidi asossiz. “Patriot” sistemasi raketalarni urib tushirishni ko’zlaydi va faqat ittifoqchi davlatni mudofaa qilishga xizmat qiladi.
Suriya o’tgan yilning bahoridan beri notinch va fuqarolik urushi o’n minglab odamni hayotdan olib ketgan. Mojaro qo’shnilarni ham o’z domiga tortayapti.