Breaking News

Suriyada urush yana qancha davom etadi?


Suriya mojarosi 20 oydan beri davom etayapti va isyonchilar sekin-asta ustunlikni qo’lga kiritayotgan ko’rinadi. Bir necha harbiy bazalar ular nazoratiga o’tgan.

Suriyada urush yana qancha davom etadi?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00
Yuklab oling

Ayrim tahlilchilar fikricha, Bashar al-Assad hukumati qulashiga oz qoldi. Boshqalar esa urush hali uzoq davom etishini bashorat qilmoqda.

Internetga qo’yilgan videoda Suriyaning Deir Ezor viloyatida jangchilar qurol-yarog’ omborini bosib olganini ko’rish mumkin. Britaniyada joylashgan huquq markazi xodimi Rami Abdul Rahmonga ko’ra, hukumat mamlakat sharqini boy berdi hisob.

Artilleriya saqlanadigan Mayidin bazasi uchun uch haftalik olishuv isyonchilar g’alabasi bilan yakunlandi. Poytaxt Damashq janubi hamda Halab shahri yaqinidagi ikki harbiy ombor ham endi ular nazoratida.

Halab, Suriyaning aholi soni jihatdan eng yirik va strategik shaharlaridan biri, jang maydoni, lekin hech bir tomonning ustunligi sezilmaydi.

Havo hujumlari Halabni vayronaga aylantirgan, ishlab turgan so’nggi kasalxonalardan biri ham yaqinda yopildi. Assad ma’muriyatiga ko’ra, maqsad “terrorchilarni” yo’q qilish.

Muxolifat va huquq faollari deydiki, armiya tibbiy markaz va novvoyxonalarni ataylab nishonga olmoqda. Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi ham hukumatni jabrdiylarga ko’mak yetkazishga yo’l bermayotganlikda ayblagan.

Suriyada bugun 2 million odam boshpanasiz, qariyb 250 ming kishi qo’shni Turkiya, Livan, Iordaniya va Iroqqa qochgan. Urush 40 ming kishining yostig’ini quritdi.

Bayrutdan Amerika Universiteti olimi Hilol Xashan fikricha, Suriyaning amaldagi hukumati ko’pga bormaydi. Prezident Assadni quvvatlayotganlar ozchilik, uning atrofidagi eng yaqin odamlar, deydi u.

Tahlilchi Nadim Shahodiy nazarida urush biror tomon foydasiga hal bo’layapti deyish mushkul.

“Xalqaro hamjamiyat bir tomon g’alaba qilishini kutib o’tiraversa, ahvol besh battar bo’ladi. Keyinchalik mamlakat o’zini tiklab olishi qiyinlashadi”, - deydi u.

Uning tavsiyasi – dunyo hamjamiyati Suriyaning yangi tuzilgan muxolifat koalitsiyasiga dalda berib, ekstremistlar mamlakatda qanot yozishiga yo’l qo’ymasligi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG