Breaking News

Suriyada isyonchilar o’nlab askarni qirib, strategik shaharni egallagan


Halab tevaragi, 2-noyabr
Halab tevaragi, 2-noyabr
Faollarning aytishicha, Suriya muxolifati shimolda armiya uchun strategik sanalmish shaharni qo’lga kiritgan.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:58 0:00
Yuklab oling

Prezident Bashar al-Assadga xayrixoh qo’shinlar Saraqib shahridan siqib chiqarilgan, deydi Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti.

Oppozitsiya qarorgohi hisoblangan Halab, poytaxt Damashq va sohilbo’yi shaharlarni ulovchi katta yo’llar ana shu yerda kesishadi va armiya uchun tayanch nuqta bo’lib kelayotgan edi.

Isyonchilar Saraqib shahri uchun jangda harbiy postlarga hamla qilib, kamida 28 askarni o’ldirganini da’vo qilmoqda.

Bu xabar ketidan internetda yangi bir video paydo bo’lib, unda muxolifat asirdagi zobitlarni qatl etayotgani tasmaga tushirilgan.

Video haqiqiymi-yo’qmi aniq emas, biroq xalqaro huquq tashkilotlari voqeadan dahshatda.

BMT inson huquqlari idorasi nazarida tasvirlar harbiy jinoyatlardan dalolatdir. Xalqaro Amnistiya tashkiloti qotilliklarni qoralab chiqqan.

Suriyada o’tgan yilning bahorida boshlangan qo’zg’olon va urush taxminan 36 ming odamni hayotdan olib ketgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG