Breaking News

Seul va Pxenyan telefon orqali muloqot qildi


Shimoliy Koreya janubdagi qo'shnisi bilan aloqani qayta tikladi. Bu uzoq yillik nizolar ortidan aloqalarni iliqlashtirish yo'lidagi muhim qadam sifatida ko'rilmoqda.

Janubiy Koreya rasmiylarining aytishicha, 3-yanvar kuni shimoldagi qo'shnilardan telefon qo'ng'irog'i bo'lgan. Koreya masalalari bilan shug'ullanuvchi Shimoliy Koreya agentligi rahbarining aytishicha, Pxenyanning Seul bilan aloqa o'rnatish niyati samimiy.

Pxenyan navbatdagi ballistik raketani sinovdan o'tkazishga tayyorlanar ekan, AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Koreyaga qarshi birlashishga chaqirdi.

"Sinov bo'lmaydi, deb umid qilamiz. Agar u amalga oshsa, Shimoliy Koreya rejimiga qarshi yanada qattiqroq choralar ko'rishimiz kerak. Madaniyatli dunyo bunday davlatning yadro qurolini yaratish harakatlariga qarshi birlashishi va ogoh turishi kerak. Biz yadro quroliga ega Shimoliy Koreyani hech qachon qabul qilmaymiz", - dedi Xeyli.

Shimoliy Koreya yetakchisi yadro qurolini ishga tushiradigan tugma stolida turgani haqida bayonot bergach, AQSh Prezidenti Donald Tramp "Twitter" orqali keskin javob qaytardi.

"Hech vaqosi yo'q, och-nahor bu rejimga kimdir yetkazib qo'ysin, menda ham yadro tugmasi bor. U kattaroq va kuchliroq. Mendagi tugma ishlaydi", - dedi Tramp.

O'tgan yili Pxenyan uchta qit'alararo ballistik raketani sinovdan o'tkazdi. Yadro sinovlari soni esa oltitaga yetdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG