Breaking News

Obama: Qurol egalari huquqi va aholi himoyasini qarshi qo’ymaylik


Obama va qurollar/Obama -Guns
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Obama va qurollar/Obama -Guns

Prezident Barak Obamaning aytishicha, qurol egalarining huquqlarini va aholi hayotini himoya qilish o’rtasida ziddiyat bo’lmasligi kerak.

AQSh rahbari qurol haqida yangi keskin qonun kuchga kirgan shtat Koloradoda kecha politsiyachilar bilan muloqot qildi.

Koloradodagi hujjatda prezident Obama butun davlat miqyosida joriy etishni taklif etayotgan band bor. Qurol xaridorlarini puxta tergov qilish kerak, deydi u.

Bu shtatdagi kinoteatrda o’tgan yilning yozida ro’y bergan otishma 12 odamning boshini yegan edi. 1999-yilda o’rta maktabdagi qatliomda 13 talaba va muallimlar jon bergan edi.
Shuningdek, Konnektikut shtatida dekabrdagi qirg’in 20 yosh bola va olti muallimni hayotdan olib ketib, fojea qurollar nazoratiga diqqatni tortdi.

Qurol uyushmasi nazarida esa yangi cheklovlar fuqaroning konstitutsiyada kafolatlangan huquqiga xilofdir.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG