Breaking News

Kim qurol ko'tarib yurishga haqli? Amerikadagi bahslar


Uch oy ilgari AQShdagi boshlang’ich maktabda ro’y bergan qonli voqea bu jamiyatni junbishga keltirgan edi. Qurolli hujumlarni qanday kamaytirish xususida Kongressda bir qancha taklif-loyihalar muhokamada.

Xo’sh, shtatlar, mahalliy hukumatlar darajasida-chi?
Qurol ko'tarib yurishga kim haqli? AQShdagi bahslar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling

Konnnektikut shtatidagi Sendi Xuk maktabi… Ko’pchilikning xotirasiga muhrlangan tasvirlar… O’tgan yilgi qatliomda 20 o’quvchi va olti muallim halok bo’lgan edi.

Oradan uch oy o’tib, Kongressda qurolga egalik masalasi biroz joyidan siljiganday. Senat qo’mitalari bir necha qonun loyihalarini muhokamaga yuborgan.

“Vatandoshlar uyg’oning. Qurollarni man etish vaqti keldi”, - deydi kaliforniyalik qonunchi Dayan Faynstayn.

Prezident Barak Obama hozir asosan byudjet muammolari bilan band. Ammo maxsus kengash tuzib, vitse-prezidentni unga mas’ul qilib tayinlagan.

Turli shtatlarda qonunlar turlicha. Nima qilishni o’zimiz bilamiz, deydi ba’zilar. Masalan, Meyn shtatida hukumat bizni qurolga egalik qilishga majburlay olmaydi, degan antiqa qonun loyihasi ovozga qo’yildi.

Konnektikutda esa lobbichilar, AQSh Qurol uyushmasi o’z tarafdorlarini to’plab, yig’in o’tkazdi.

Indiana shtatida namoyishlar… Qurolga kelganda, jamoatchilik fikri teng ikkiga bo’lingan.

Oklaxomadagi maktablardan birida mashq ketyapti. O’qituvchilarga o’zi bilan qurol olib yurishga ruxsat berilsin, degan takliflar yangramoqda.

“Maktab soqchilarini, qolaversa, muallimlarni tayyorgarlikdan o’tkazish kerak. Bunday malaka bir kun asqatadi”, - deydi politsiyachi.

Amerikada otishmalar har kuni yuzlab odamni hayotdan olib ketadi. Hisoblarga ko’ra, fuqarolar qo’lida 300 million donadan oshiq aslaha bor. Mavzu yuzasidan tortishuvlar hali beri tinmaydi.

Kim qurol ko'tarib yurishga haqli? Americans and their guns...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG