Breaking News

Obama qurol nazoratini xalq bilan muhokama qildi


Obama: Qurolga egalikni cheklash - davr talabi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Obama: Qurolga egalikni cheklash - davr talabi

AQSh Prezidenti Barak Obama kecha mamlakatga qilgan murojaatida qurol zo'ravonligini kamaytirishga qaratilgan yangi choralarni himoya qildi.

Uning aytishicha, Milliy qurol assotsiatsiyasi kabi qurol huquqlari tarafdori bo'lgan kuchli guruhlar o'zgarishlar yuz berishini istamayapti.

"O'zini himoya qilish uchun, ov va sport uchun qurol saqlashni istaydigan odamlarni hurmat qilaman. Ammo qurollarni o'ziga yoki boshqalarga zarar yetkazishni xohlaydigan odamlardan uzoq saqlash mantiqan to'g'ri ekanini hammamiz bilamiz", - dedi AQSh davlat rahbari.

Prezidentning ta'kidlashicha, hozirgi tizimdagi kamchiliklar tufayli ayrim shtatlarda odamlar tekshiruvlarsiz qurol sotib olishi yoki sotishi mumkin.

Qurol zo'ravonligi qurboni bo'lgan odamlarning yaqinlari davrasida gapirgan Obamaga ko'ra, yangi tashabbus hamma uchun manfaatli bo'ladi.

"Agar qurol xavfsizligini kuchliroq tekshiruv va boshqa choralar bilan muvozanatlay olsak, qurol zo'ravonligini butunlay tugata olmasligimiz mumkin, ammo uni kamaytiramiz", - dedi Obama.

AQSh prezidenti bu borada Kongress islohot o'tkaza olishiga shubha qiladi. Shu bois o'zim farmon chiqarishga qaror qildim, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG