Breaking News

Obama: Immigratsiya tizimini ta’mirlash vaqti keldi


AQSh immigratsiya tizimi/US immigration
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

AQSh immigratsiya tizimi/US immigration

Prezident Barak Obamaning aytishicha, Amerika immigratsiya sistemasini isloh qilish uchun murosaga erishildi hisob. Hafta boshida demokrat va respublikachi senatorlardan iborat guruh 11 million hujjatsiz muhojirga fuqarolik uchun imkon berishga kelishib olgan.

Barak Obama ishdan chiqqan immigratsiya tizimini tuzatish bobida o’z takliflarini e’lon qildi. Millionlab insonlar buzuq bu sistema qurboniga aylanmoqda, deydi u.

Nevada shtatida o’rta maktabda so’zlagan Obama senatorlar dushanba kuni olg’a surgan rejani olqishladi. Kelishib ishlashimiz mumkin, dedi u.

“Immigratsion qonunlarimizni o’zgartirish fursati yetdi. Hoziroq, bugunoq qilishimiz kerak bu ishni”, - deydi rahbar.

Sakkiz senator ishlab chiqqan reja chegaralarni mahkamlash, davlatga kirish-chiqishni qattiqroq nazorat qilishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, nolegal immigrantlar registratsiya qilinib, jarima va soliqlarni to’laydi. Ingliz tilini o’rganib, ana undan keyin grin kartani qo’lga kiritishi va Amerikada qonuniy yashashi mumkin.

Ularning tarjimai holi puxtaroq tekshiriladi, viza berish jarayoniga diqqat oshadi.

Barak Obamaning rejasi ham o’xshash, lekin bila turib hujjatsiz ishchini yollagan bizneslar qattiqroq jazolanadi.

Prezidentning aytishicha, fuqarolikka erishish oson emas, lekin protsess adolatli.

Respublikachi senator Jeff Seshens yangi rejaga qarshi ekanini ochiq aytdi.

“Odamlar Amerikaga kirish va bu yerda yashab qolish huquqini qo’lga kiritish uchun kutishi kerak. Yiliga million kishi kirayapti, qonun asosida. Qonunni buzganga yengillik, imtiyoz berish to’g’rimi? Hujjatga binoan ish tutayotgan boshqa muhojirlarga nisbatan adolatdan emas-ku bu”, - deydi Seshens.

Senat taklifi o’tmasa, prezident Obama o’zining rejasini Kongressga taqdim etmoqchi.

“Agar Kongress masala muhokamasini orqaga suraversa, o’zimning taklifimni o’rtaga tashlab, o’sha zahoti ovoz berishlarini talab qilaman”, - deydi Obama.

Jorj Vashington Universiteti olimi Jon Sayds, jarayon uzoqqa cho’zilishi mumkin, deydi.

Prezident Obama so’zlariga ko’ra, gap siyosatda emas, Amerikada muvaffaqiyat qozonishni orzu qilgan va mehnatdan qochmagan millionlab insonlar haqida.

Amerika dalalaridagi muhojirlar/Immigration Reform US Farmers
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:31 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG