Breaking News

Obama Isroil bilan aloqalarni qayta ko'rib chiqmoqchi


Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu saylovdan ikki hafta oldin Vashingtonga safari paytida. 2-mart, 2015-yil.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu saylovdan ikki hafta oldin Vashingtonga safari paytida. 2-mart, 2015-yil.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastin davlatini tuzishga qarshi ekanini aytishi ketidan Amerika rahbari Barak Obama ikki davlat aloqalarini qayta ko'rib chiqmoqchi.

Obama kecha Netanyaxu bilan telefonlashib, ana shu haqda gaplashgan. Suhbat paytida Oq uy rahbari Netanyaxuni parlament saylovlarida g'alaba bilan ham tabriklagan.

Isroil bosh vaziri saylovdan oldin qilgan targ'ibot kampaniyasi paytida Falastin davlatini aslo qo'llab-quvvatlamasligini aytgan edi.

Payshanba kungi chiqishida u bu fikridan qaytib, quroldan voz kechgan Falastin davlatining yaralishiga qarshi emasligini ta'kidlagan.

Isroil Falastin ahli o'z mamlakati uchun mo'ljallayotgan yerlarda yahudiylar uchun posyolkalar qurishda davom etayapti.

Buning ustiga, Netanyaxu jahon hamjamiyati va Eron o'rtasida yadro dasturi yuzasidan kechayotgan muzokaralarga qat'iyan qarshi. Bu ziddiyat azaliy ittifoqchilar Isroil va Amerikaning aloqalarini taranglatirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG