Kelasi oy Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vashingtonga tashrif buyurib, Kongress oldida Eron yadro dasturi haqida so’zlamoqchi. Prezident Barak Obamaning Kongressdagi qator safdoshlari uning nutqini boykot qilmoqda, chunki Netanyaxu Oq uy bilan maslahatlashmagan.