AQSh rahbari saylovdan keyingi ilk matbuot anjumanida iqtisod, Kongress bilan kelishmovchilik, davlat xavfsizligi va generallar ustidan tergov xususida to'xtaldi.
Amerika oldidagi asosiy muammo - zaif iqtisod va moliyaviy yetishmovchilik. Mamlakat o'z byudjetini yo'lga solib, sarfiyatni qayta ko'rib chiqmasa, butun tizim jar yoqasiga borib qoladi. Buni Oq uy va Senatda hukmron demokratlar ham, Vakillar Palatasida ko'pchilikni tashkil etuvchi respublikachilar ham tan oladi.
Prezident muxolifat bilan murosaga tayyor, asosiy sharti - o'rtahol amerikaliklar manfaatini birinchi o'ringa qo'yish.
Obama boylar, xususan, yillik daromadi 250 ming dollardan oshiq amerikaliklarga ko'proq soliq solmoqchi.
Amerikaliklarning ikki foizi ko'proq soliq to'lasa, deydi prezident, byudjetdagi kamomad kelasi 10 yilda 1,6 trillion dollarga pasayadi.
Respublikachilar bunga keskin qarshi. Ular prezidentni xususiy sektor va uning egalariga qarshi siyosatda ayblaydi. Hech kimning solig'i oshirilmasin; ijtimoiy himoya, jumladan, pensiya va sog'liqni saqlash sohasida boshlangan islohotlar qayta ko'rib chiqilsin, deya talab qilmoqda ular.
Prezident Kongress a'zolari bilan muzokara boshlash arafasida. O'tgan yili bunday uchrashuvlar samara bermagan.
Bugungi savol-javobda Obama Vashingtonni larzaga solgan so'nggi mojarolar haqida ham fikr bildirdi.
Markaziy razvedka boshqarmasi direktori, iste'fodagi general Deyvid Petreus oilasiga xiyonat qilganini tan olib, o'tgan hafta ishdan bo'shadi. Iroq va Afg'onistondagi qo'shinlarga qo'mondonlik qilib, yurt qahramoniga aylangan Petreus u haqda kitob yozgan Pola Brodvell bilan don olishgani ayon bo'ldi.
Tekshiruv oqibatida yana bir yetakchi general, ayni damda Afg'onistonda xalqaro koalitsiyaga qo'mondonlik qilayotgan Jon Allen ham Florida shtatidagi harbiy bazada ishlagan Jill Kelli ismli ayol bilan ishqiy maktublar almashgani fosh etildi. General harbiy tergov ostida va uning 30 mingga yaqin elektron xatlari elakdan o'tkazilmoqda. Allen hamon lavozimida va "aybsizman" deydi. Oilaga xiyonat harbiy tizimda jinoyat hisoblanadi.
Jill Kelli general Petreusning oilasi bilan yaqin bo'lgan. Pola Brodvell rashk qilib, bu ayolga anonim tarzda haqoratomuz va do'q-po'pisaga to'la xatlar yozgan. Kelli xonim ularni organlarga uzatgan.
Federal Qidiruv Byurosi olib borgan tekshiruv natijasida yuqoridagi faktlar yuzaga chiqqan.
Amerika va dunyo ommasi mojaroni taajjub bilan kuzatar ekan, prezident Obama fikricha, masalaning davlat xavfsizligiga daxli yo'q. Ishqiy aloqalar sabab maxfiy ma'lumotlar va sirlar qanchalik oshkor etilgani ko'rib chiqilmoqda va ularning oqibati nima ekani hozircha mavhum.
Obama nazarida Petreus Amerika tinchligi va ravnaqi uchun ulkan hissa qo'shgan, xalq hurmatiga sazovor inson. General Petreusning ishdan bo'shash haqidagi arizasiga prezident darhol qo'l qo'ymagan va afsus bildirgan.
Ikkinchi muddatda Obama tashqi siyosati yanada faollashishi kutilmoqda. Eron bilan muzokaralar avj olishi, Yaqin Sharqqa e'tibor oshishi, Rossiya bilan hamkorlik va mavjud kelishuvlar qayta ko'rib chiqilishi ko'zlangan.
Kongress a'zolari shu yilning 11-sentabrida Liviyaning Bing'ozi shahrida AQSh vakolatxonasiga qilingan hujum va to'rt amerikalik o'ldirilgani yuzasidan tekshiruv boshlagan va Obama ma'muriyatidan to'liq hisobot talab qilmoqda. Prezident butun javobgarlikni o'z bo'yniga olishga shay.
Senat huzuriga general Petreus ham chaqiriladi. Ishdan bo'shashidan sal avval u Liviyaga borib vaziyat bilan tanishib kelgan.