Vashingtondagi mojarolar/Washington scandals
Markaziy razvedka boshqarmasi direktori, iste'fodagi general Deyvid Petreus oilasiga xiyonat qilganini tan olib, 9-noyabrda, saylovdan uch kun o'tib, ishdan bo'shadi. Iroq va Afg'onistondagi qo'shinlarga qo'mondonlik qilib, yurt qahramoniga aylangan Petreus u haqda kitob yozgan Pola Brodvell ismli xonim bilan don olishgani ayon bo'ldi. Tekshiruv oqibatida yana bir yetakchi general, ayni damda Afg'onistonda xalqaro koalitsiyaga qo'mondonlik qilayotgan Jon Allen ham Florida shtatidagi harbiy bazada ishlagan Jill Kelli ismli ayol bilan ishqiy maktublar almashgani fosh etildi. General harbiy tergov ostida va uning 30 mingga yaqin elektron xatlari elakdan o'tkazilmoqda. Allen hamon lavozimida va "aybsizman" deydi. Oilaga xiyonat harbiy tizimda jinoyat hisoblanadi.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Aprel 28, 2025
Amerika Manzaralari
-
Aprel 21, 2025
Amerika Manzaralari
-
Aprel 14, 2025
Amerika Manzaralari
-
Aprel 07, 2025
Amerika Manzaralari
-
Mart 31, 2025
Amerika Manzaralari
-
Mart 24, 2025
Amerika Manzaralari