Breaking News

Maxfiy hujjatlarni fosh etgan askar sotqinmi yoki qahramon?


Ikki yil ilgari Amerikada maxfiy harbiy va diplomatik ma'lumotlar bitilgan yuz minglab hujjatlar internetda chop etilgan edi. Ularni “Wikileaks” saytiga uzatganlikda ayblangan oddiy askar Bredli Menning ustidan sud jarayoni boshlangan.

Advokatlar Menning qamoqda qiynoqqa solinganini da’vo qilayapti.


Davlat sirlarini fosh etgan askar sudda/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00
Yuklab oling

Mahkama o’tayotgan baza qarshisida tarafdorlar to’plandi. Ular nazarida, Bredli Menning – qahramon.

Harbiy prokurorlar ta’rificha esa Menning yuzlab ming maxfiy hujjatlarni fosh etib, dushmanga yordam bergan sotqindir. 24-yoshli sobiq harbiy tahlilchi bir umrga qamalishi mumkin.

Bredli Menning uning ishi sudgacha bormaydi degan umidda, aybini tan olishga tayyor.

“Wikileaks” sayti asoschisi Julian Assanj ham bayonot berib, sudga tortilayotgan aslida AQSh harbiylari, deydi.

Advokatlar Menning qamoqda tahqirlanganini da’vo qiladi. Askar hibsga olinishi ketidan kichik bir izolyatorda saqlangan. Qafasning o’zginasi, o’lib qolaman deb o’ylagandim, deydi u.

Ana shu iddaolar sabab ommaning askarga xayrixohligi oshdi. Uning qilmishi emas, boshdan kechirganlari asosiy mavzuga aylandi.

Tahlilchi Lorens Korb bu ishning nozik taraflari bor, deydi.

“AQSh tarixida hali bunaqasi bo’lgan emas. Ayrimlar deyishyaptiki, askarni endi adolatli ravishda sud qilib bo’lmaydi, chunki uni xo’rlashgan. Inson huquqlari qayerda qoldi, deb so’rashaypti. Uning aybi hali qonun oldida isbotlanmagan”.

Iroqda xizmat qilgan Bredli Menning urushga qarshi bo’lgan. U fosh etgan hujjatlarda, jumladan, harbiylar sodir etgan vahshiyliklar tasvirlanadi. Lekin bu ish davlat xavsizligiga putur yetkazdi, deb xulosa qilishga erta.

Menning armiyaga yollanganida sog’lom bo’lganmi-yo’qmi, bu ham noma’lum.
Ofitserlar uni ruhan kasal deb eslashadi. Yolg’izlanib qolgan, safdoshlari bilan uncha chiqishmaydigan shaxs edi, deyishadi.

Ayni paytda harbiy xizmatga yollash tartibi qayta ko’rib chiqilmoqda.

“2003-2007-yillar Amerikada Iroq urushiga qarshilik kuchaygan davr edi. Armiyaga odam yollash qiyin bo’lgani sabab, talablarni biroz pasaytirishga qaror qilingan. O’sha davrda 80 ming kishi armiyaga yozilgan. Bredli Menning ham ular orasida bo’lgan”, - deydi tahlilchi Lorens Korb.

AQSh Mudofaa vazirligi davom etayotgan jinoiy ishlar bo’yicha izoh bermaydi. Bredli Menning ustidan sud kelasi yil bahorda boshlanishi mumkin.

Qahramon yoki sotqin? Bradley Manning story
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG