Breaking News

Bob Geyts kitobida Obamani tanqid qildi, Oq uy javobi


Robert Geyts kitobi, "Burch: Harbiy vazirning xotiralari"da vitse-prezident Jo Baydenni ham tanqid qiladi. Uning aytishicha, Bayden oxirgi 40 yilda tashqi siyosat va xavfsizlik bo’yicha deyarli har bir yirik masalada yanglish fikrlagan.
Robert Geyts kitobi, "Burch: Harbiy vazirning xotiralari"da vitse-prezident Jo Baydenni ham tanqid qiladi. Uning aytishicha, Bayden oxirgi 40 yilda tashqi siyosat va xavfsizlik bo’yicha deyarli har bir yirik masalada yanglish fikrlagan.
Pentagon sobiq rahbari Robert Geyts yangi kitobida Obama ma’muriyatini keskin tanqid qiladi. “Burch: Harbiy vazirning xotiralari” (Duty: Memoirs of a Secretary of War) nomli bu memuarga Oq uy javobi qanday?

Bob Geyts Obamani, Karzayni tanqid qildi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:08 0:00
Yuklab oling

Mudofaa vaziri Robert Geyts prezident Jorj Bush davrida ishga kelib, Barak Obama qo’li ostida ham ikki yil xizmat qildi. 2011-yilda lavozimini Leon Panettaga bo’shatdi.

“Nyu-York Tayms” va “Vashington Post” gazetalari shu haftada uning kitobidan keltirmalarni bosib chiqardi. Robert Geyts o’z kitobida ham Obama, ham boshqa rasmiylarning kamchiliklarini ochib tashlaydi.

Sobiq mudofaa vazirining aytishicha, Obama Afg’oniston bo’yicha strategiya ish berishiga qattiq shubha qilgan. Amerika va NATO qo’shinlarini boshqargan general Deyvid Petreusdan ko’ngli to’lmagan paytlar ham bo’lgan.

Geyts so’zlariga qaraganda, Obama afg’on strategiyasi ish berishiga ko’zi yetmay, prezident Hamid Karzayni jini suymagan. Obama uchun, deya yozadi Pentagon sobiq rahbari, afg’on urushidan xalos bo’lish ustuvor vazifa edi.

Shu bilan birga, Geyts nazarida Obama Amerika qo’shinlarini doim qo’llab-quvvatlagan. Prezident xolis inson, deya yozadi u.

Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Keytlin Xeyden yozma bayonotida Afg’onistonga doir xavotirlar yangilik emas, deydi.

Prezident Obama al-Qoidani to’xtatish, tarqatib, mag’lub etish vazifasiga qat’iy amal qildi, deydi Xeyden. Urushni yakunlash ham AQSh rahbarining ustuvor maqsadlaridan ekani sir emas, harbiy kampaniya shu yil tugaydi, deydi rasmiy.

Bayonotga ko’ra, prezident xavfsizlik bo’yicha mutasaddilar orasida fikrlar xilma-xilligini doim olqishlagan.

Robert Geyts vitse-prezident Jo Baydenni ham tanqid qiladi. Uning aytishicha, Bayden oxirgi 40 yilda tashqi siyosat va xavfsizlik bo’yicha deyarli har bir yirik masalada yanglish fikrlagan. Bayden prezident ma’muriyati va harbiylarning orasini bulg’agan.

Keytlin Xeydenning so’zlariga ko’ra, Obama Geyts mulohazasiga qo’shilmaydi. Oq uyning bildirishicha, Bayden o’z davrining yetakchi arboblaridan va Obama uning maslahatini qadrlaydi.

“Nyu-York Tayms”ning yozishicha, Geyts sobiq prezident Jorj Bushni Iroqda askarlar sonini oshirgani uchun olqishlaydi. Ammo, deydi u, Bush Iroq va Afg’onistondagi dastlabki g’alabalarni saqlab qolishga ojizlik, xomlik qildi.

Obama ma’muriyati o’z navbatida Geytsning xizmatlaridan minnatdor ekanini aytadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG