AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Deyvid Petreus yozuvchi ayol bilan ishqiy aloqada bo’lgani oshkor etilgach, iste’fo berganidan so’ng Mudofaa vazirligi Afg’onistondagi qo’shinlar qo’mondoni general Jon Allenni ham tergov qilishga kirishgan. Bu gal Petreusning iste’fosiga aloqador bir ayol va Allen o’rtasidagi yozishma taftish qilinmoqda.
37 yoshli Jill Kelli ismli bu juvon, oilali, uch bolaning onasi, shuningdek, ikkala generalning ham do’sti ekani ma'lum.
Shunisi aniqki, Petreus biografiyasi bitilgan kitob muallifi Pola Brodvel, 40 yoshda, oilali va ikki farzandli ayol, Kelliga bir necha bor achchiq maktublar yozgan. Tergovchilar bu ishning ketiga tushgach, generalning yozuvchi bilan ishqiy aloqasi ayon bo'ldi va oilasiga xiyonat qilganini tan olgan Petreus lavozimidan ketishga qaror qildi.
Allen Jill Kelli bilan nozik masalalarda yozishgani aytilmoqda, ammo ishqiy mavzudami yoki maxfiy hujjatlar yuzasidanmi, aniq emas. General aybsiz ekanini da’vo qilmoqda.
Kelli Florida shtatidagi yirik harbiy bazada madaniy ishlarga mas'ul bo'lgan.
General o’tgan oy AQShning Yevropadagi qo’shinlari va NATO qurolli kuchlarining oliy qo’mondoni etib tayinlangan, ammo lavozimga kirishishi uchun Senat tasdig’idan o’tishi kerak. Taftish bois Pentagon qonunchilardan bu ishni kechiktirishni so’ragan.
Asosiy e'tibor generallarning bu rishtalarda maxfiy ma'lumotlar uzatgani yoki uzatmaganida.
Pentagon so'zlovchisi Jorj Littlning bildirishicha, Allen ustidan tekshiruv Federal Qidiruv Byurosi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
“Faktlar aniqlanar, tergov davom etar ekan, general Allen xalqaro koalitsiya qo'mondoni vazifasida qoladi. Uning rahbarligi ostida ulkan zafarlar qozonildi, Afg'oniston bilan hamkorlikda bu mamlakat tinchligi, terroristlarga qarshi kurash yo'lida progress bo'ldi. General Allenning biror egri ish qilgani haqida hozir qo'limizda isbot yo'q",- deydi rasmiy.
Tergovchilar general va Kelli xonim orasidagi 20 - 30 ming elektron yozishmani ko'zdan kechirmoqda.
Ayni damda Avstraliya va Janubi-sharqiy Osiyoga safar qilayotgan Mudofaa vaziri Leon Panetta mojaroni afsuslanarli hol deb atagan. Haqiqat yuzaga chiqadi va xatolar to'g'rilanadi, deydi u.
Amerikaning ikki yetakchi generali, urushlarga boshchilik qilgan va eng oliy lavozimlarni egallab turgan Allen va Petreus nomi bulg'angani Obama ma'muriyati uchun kuchli zarba.
Axborot vositalari mojaroni izchil yoritar va har soat yangi bir ma'lumot fosh etilar ekan, amerikaliklar taajjubda.
Allendan oldin Afg'onistonda Petreus qo'mondonlik qilgan. O'tgan yilning yozida Panetta Markaziy razvedka boshqarmasi lavozimidan mudofaa vazirligiga o'tgach, uning o'rnini Petreus egallagan va Allen Afg'onistondagi urushni tugatish vazifasi bilan Kobulga yuborilgan edi.
6-noyabrda prezidentlikka qayta saylangan Obama kelasi kunlar Markaziy razvedka boshqarmasi direktori va boshqa muhim mansablarga nomzodlar ko'rsatishi kerak. Afg'onistonda 68 ming amerikalik askar bor. 2014-yil oxirigacha AQSh hukumati ularning hammasini vatanga qaytarishga bel bog'lagan.
Kongress, jumladan, Senatning Razvedka masalalari bo'yicha qo'mitasi bu hafta Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbarini chaqirib, uni savolga tutadi. Aslida general Petreus senatorlarga Liviyadagi fojia, AQSh elchisi Kristofer Stivens va yana uch amerikalik o'limi yuzasidan hisobot berishi kerak edi. Petreus kutilmaganda ishdan bo'shagach, uning o'rniga tayinlangan Maykl Morel endi qonunchilar huzuriga boradi.
2006: General Deyvid Petreus Garvard universitetida Pola Brodvell bilan tanishadi.