Breaking News

Uchuvchisiz samolyotlar samarali qurol va nafrat manbai


Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar/CIA Drones
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00

Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar/CIA Drones

Prezident Barak Obama Markaziy Razvedka Agentligi rahbari lavozimiga munosib ko’rgan Jon Brennan so’zlariga ko’ra, uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar puxta reja asosida va qonunga mufoviq holda qo’llanmoqda. Senat yaqinda Brennanni bu borada savolga tutdi.

Amerikaning uchuvchisiz samolyotlari chekka manzillarda o’nlab terrorchini, xususan, Amerika fuqarosi va al-Qoida homiylaridan biri Anvar al-Avlakiyni o’ldirdi. Avlakiy Yamanda yo’q qilingan edi.

AQSh fuqarosini o’qqa tutishga ruxsat berib, prezident Obama adolat, xolislik tamoyillariga qarshi borishi mumkin, deydi demokrat senator Ron Vayden:

“Prezidentga uchragan amerikalikni so’rab-surishtirmay o’ldirish huquqini qo’sh-qo’llab topshirish meni qo’rqitayapti. Amerika fuqarolarining hayoti haqida gap ketar ekan, ular hukumatni savolga tutishga haqli”.

Senatdagi tinglovda so’zlagan Jon Brennan pilotsiz samolyotlar effektiv qurol deydi:

“Bizga xavf soladigan shaxsni zararsizlantirishning boshqa yo’li bo’lmasa, faqat shundagina uchuvchisiz vositani ishlatamiz”.

Lekin bu havo hujumlarida begunoh insonlar ham jon berayotgani sir emas. Hukumat buni ochiq tan olmaydi.

Brennan nazarida AQSh jamoatchiligi bu amaliyotlar haqida yanglish tasavvurga ega. Razvedka terrorchilarni nishonga oladi.

“Terrorchini o’ldirgandan ko’ra hibsga olgan ma’qul deb hisoblayman. Iloji boricha ko’p terrorchilarni ushlab, ulardan ma’lumot to’plab, kelgusidagi hujumlarning oldini olish – asosiy vazifamiz”, - deydi u.

Mahbuslarga nisbatan muomalaga kelganda Brennan “har qanday qiynoqqa qarshimiz” deydi:

“Ancha oldin taqiqlash kerak edi. Qiynoqlar mutlaqo qo’llanmasligi kerak edi”.

Uchuvchisiz samolyotlar arzon, samarali o’lim mashinasi, deydi ekspert Kristofer Svift.

“Aksil-terror amaliyotlar nuqtai nazaridan bu qurilmalar Pokiston va Yamanda juda ham qo’l keldi”.

Lekin hujumlar bois Amerikaga qarshi nafrat kuchaymoqda.

“Boshqa davlatda o’tkazilayotgan bu amaliyotlar natijasida Qo’shma Shtatlarni mustamlakachilik, imperializmda ayblash hollari ko’paygan. Amerika islomga qarshi urush qilmoqda, degan xulosalar ham yo’q emas. Bu esa AQShni xavfli bir ahvolga solib qo’yadi”, - deydi Svift.

Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar/Drone warfare
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG