Breaking News

AQShda prezidentga erta ovoz berish mumkin


Prezident Barak Obama erta ovoz bermoqda, Chikago, 25-oktabr, 2012
Prezident Barak Obama erta ovoz bermoqda, Chikago, 25-oktabr, 2012
Saylov 6-noyabrda. Lekin Amerikada ko’plab shtatlarda, fuqarolar istasa, saylov varaqalarini erta to'ldirish mumkin. Lekin natija asosiy kundan keyin ma'lum bo'ladi. Prezident Barak Obamaning o’zi shu hafta payshanba kuni ona shahri Chikagoga borib, ovoz berdi.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 27-oktabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:01 0:00
Yuklab oling

O’tgan uch oyda Amerika iqtisodiyoti 2 foizga o’sgan. Bu ekspertlar taxmin qilganidan ham yuqori ko’rsatkich.

Lekin Obamaning raqibi, respublikachi Mitt Romni fikricha AQShdek dunyodagi eng yirik iqtisodiy tizim uchun bir kvartalda atigi 2 foizga o’sish sharmandalik.

Demokratlar inqirozdan keyin sekin o’sish normal hol, shunga ham shukur desa, respublikachilar Obama prezidentlikni eplolmadi, deydi.

Prezident xalqqa qilgan haftalik murojaatida Amerika iqtisodiyotini mustahkamlash uchun ko’rgan asosiy choralaridan biri xususiy sektor ustidan nazorat oshirilgani ekanini ta’kidlab o’tdi.

“Biz iste’molchi va xaridor manfaatlarini himoya qilamiz. Bizneslarga sizni aldab boylik orttirishga yo’l bermaymiz. Har bir fuqaro halol mehnat qilib, uning rohatini ko’ra olishi uchun davlat iqtisodiy adolatni kafolatlashi lozim”, - deydi Obama bugungi murojaatida.

Prezident amerikaliklarni hisob-kitobga e’tiborni oshirishga, bank va kredit kompaniyalari bilan ochiqchasiga gaplashib, o’z haqqini bemalol talab qila olishga, ko’rilgan foyda va zarar haqida konkret savollarga berishga undamoqda.

Moliya tizimlarida xatolar, qing’ir ishlar, xiylakor usullar ko’p kuzatiladi. Hukumat ularga qarshi kurashish uchun maxsus agentlik ochgan. Lekin har bir fuqaro ham o’z puliga ziyraklik bilan yondashishi lozim, deydi prezident.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG