Breaking News

AQShda kichik partiyalardan prezidentlikka nomzodlar bahslashdi


Respublikachilar va demokratlarga muqobil partiyalardan prezidentlikka nomzodlar Chikagodagi teledebatda ishtirok etmoqda, 23-oktabr, 2012-yil.
Respublikachilar va demokratlarga muqobil partiyalardan prezidentlikka nomzodlar Chikagodagi teledebatda ishtirok etmoqda, 23-oktabr, 2012-yil.
Kecha Chikago shahrida prezidentlikka nomzod sifatida ro’yxatdan o’tgan boshqa arboblar yagona teledebatda qatnashdi. Tadbir Obama-Romni duelidan dabdabasizroq bo’ldi. Aytish joiz, 10 dan ziyod odam prezidentlikka nomzod, ko’plari cheklangan saylov byulletenlaridan joy olgan.

Kechagi debatda Liberallar partiyasidan Gari Jonson, "Yashillar" partiyasidan Jill Stayn, "Adolat" partiyasidan Roki Anderson va Konstitutsiya partiyasidan Virgil Gud ishtirok etdilar.

Ular Romni va Obama telebahslarida ko’tarilmagan masalalar xususida qarashlarini bildirdi. Ayrim mavzularda pozitsiyalari bir ekani ma’lum bo’ldi.

Nomzodlardan ikkisiga ko’ra, oliy ta’lim bepul bo’lishi kerak. Qancha ko’p odam oliy ma’lumotli bo’lsa, iqtisodiyotga shuncha yaxshi, deydi ular. Boshqa nomzodlar nazarida esa davlat talabalarga qarz berishni to’xtatmas ekan, kollej va universitetlar o’qish uchun to’lovlarni tushirmaydi.

Maydaroq partiyalar vakillari siyosiy sahnani respublikachi va demokratlar egallab olganidan nolib, saylov tizimini, siyosiy tizimni isloh qilishga chaqirdi.

Mudofaa va tashqi siyosatga to’xtalar ekan, Gari Jonson nazarida harbiy xarajatlarni 43 foizga qisqartirish kerak, urushlarni bas qilib, xorijda odatda diktaturalarni qo’llab-quvvatlashga sarflanayotgan tashqi yordamni to’xtatish zarur.

Nomzodlar narkotiklarga qarshi kurash siyosatini ham tanqidga oldi. To’rt nomzoddan uch nafari marixuana iste’molini qonuniylashtirish kerak degan fikrda. Ular fikricha marixuana ilmiy nuqtai nazardan narkotik emas, inson salomatligiga zarari yo’q.

AQShda bir milliondan ziyod odam har yili marixuana iste’moli uchun uzoq muddatga qamalishini hisobga olganda, deydi prezidentlikka nomzodlar, huquq-tartibot organlari va qamoqxonalar uchun yiliga milliardlab dollar isrof bo’layotganini ko’rsa bo’ladi.

Qo'shimcha nomzodlar haqida ma'lumot

Roki Anderson, "Adolat" partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Roki Anderson, "Adolat" partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Roki Anderson Solt Leyk Siti shahrining sobiq meri bo'lib, 2011-yilgacha Demokratik partiyaning a'zosi edi.

O'tgan yili "Adolat" partiyasiga asos soldi. Yirik bizneslardan xayriya olmoqchi emas. 61 yoshli Anderson prezidentlikka nomzod sifatida 16 shtatda saylov byulletenlaridan joy olgan. "Adolat" partiyasidan yana ikki nomzod Senat va Vakillar Palatasiga saylanmoqda.

Jill Stayn, "Yashillar" partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Jill Stayn, "Yashillar" partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
62 yashar shifokor Jill Stayn prezidentlikka nomzodini qo'ygan yagona ayol. "Yashillar" partiyasidan. Vitse-prezidentlikka sherigi ham ayol kishi (Sheri Xonkala).

Partiya ilgari ham saylovlarda faol bo'lgan. Bu yilgi saylovlarda Staynga 30 dan ziyod shtatda ovoz berish mumkin bo'ladi. Stayn marixuana iste'molini qonuniylashtirish, oliy ta'limni bepul qilish tarafdori.

Gari Jonson, Liberallar partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Gari Jonson, Liberallar partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Gari Jonson 59 yoshda. Nyu-Meksiko shtati sobiq gubernatori, tadbirkor. Sobiq respublikachi arbob Liberallar partiyasidan prezidentlikka nomzod. Bu AQShdagi uchinchi yirik partiya.

1972-yildan beri prezident saylovlarida qatnashgan. Jonsonning ismi 47 shtatda saylov byulletenlariga kiritilgan. Mayda partiyalardan nomzodlar orasida Jonson eng ko'p ovoz olishi kutilmoqda. Obama yoki Romniga ovoz bermaydigan saylovchilarning aksariyati uni qo'llab-quvvatlashi mumkin.

Virgil Gud, Konstitutsiya partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Virgil Gud, Konstitutsiya partiyasidan 2012-yil prezident saylovlariga nomzod
Konstitutsiya partiyasidan nomzod Virgil Gud 66 yoshda. 1997-2009-yillarda Vakillar Palatasining a'zosi bo'lib ishlagan. 2000-yilda Demokratik partiyadan ketib, ikki yil mustaqil siyosatchi bo'ldi. So'ng Respublikachilar partiyasiga qo'shilib, 2010-yilda uni ham tark etdi va Konstitutsiya partiyasiga qo'shildi.

Partiya 20 yillik tarixga ega. 6-noyabrda bo'ladigan prezident saylovlarida 27 shtat aholisi bu partiya nomzodiga ovoz berishi mumkin.

Demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni orasidagi ketayotgan poyga bilan saylov xaritasi va reytinglarda tanishish mumkin:

http://www.amerikaovozi.com/info/electionmap/3391.html

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG