AQShda bo’lajak prezident umumiy ovozlar soniga qarab belgilanmaydi. Davlat rahbarini 538 kishidan iborat saylovchilar kollegiyasi saylaydi.
Amerika konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan.
U damlar biror davlatda fuqarolar rahbarni bevosita saylagan emas. Shu bois konstitutsiya mualliflari ovoz berishni ikkiga bo’lgan.
Xalq saylov varaqasini to’ldirgach, bu ma’lumot kichik bir guruh, ya’ni saylovchilar kollegiyasiga oshiriladi. Asosiy saylovdan keyin bu guruh o'z shtatida majlis qilib, prezidentni tanlaydi.
Amerika Universiteti professori Kurtis Gans deydiki:
“Saylashga vakil qilingan bu odamlar soni har bir shtatdagi kongressmenlar soniga teng. Ya’ni Senat uchun ikki kishi, Vakillar Palatasi uchun ko’proq. Bu vakillar, ya’ni tanlovchilar bir ovozdan bitta nomzodni yoqlaydi”.
Kollegiyaning 270 ovozini to’plagan prezident bo’ladi. Hech bir nomzod buncha tarafdor yig’a olmasa, konstitutsiyaga ko’ra, Vakillar Palatasi prezidentni tanlaydi. Oxirgi 200 yilda hali bunaqasi bo’lgan emas.
Aksariyat prezident poygalarida bir nomzod ham oddiy fuqarolar, ham saylovchilar kollegiyasini zabt eta olgan. 2000-yilgi saylov bundan istisno edi.
Demokrat Al Gor prezident saylovlarida mamlakat bo’ylab raqibiga qaraganda yarim millionga ko’p ovoz olib, saylovchilar kollegiyasining 266 ovozini to’plagan edi. Lekin respublikachi Jorj Bush Florida shtatida kichik farq bilan oldinda edi.
Al Gor Floridada ovozlar qayta hisoblansin deb chiqdi. Bush esa bu qarorni savolga tutib Oliy Sudgacha bordi.
Saylovdan taxminan bir oy o’tib, Oliy Sud masalani Bush foydasiga hal qildi va Floridada saylovchilar kollegiyasiga tegishli 25 ovozni unga hadya etdi. Bush shu tariqa Oq uyga kirdi.
Har ikki partiya saylovchilar kollegiyasiga o’rganib qolgan va biror o’zgarish qilishi gumon, deydi Jorj Meyson Universiteti professori Dennis Jonson.
“Partiyalar hozirgi tartibni ko’rib chiqib, tuzatsakmikan, degan kishi bo’ladi. Keyin qo’y, saylovchilar kollegiyasi va ular bir ovozdan nomzodni tanlagani qulay, deb xulosa qiladi”, - deydi professor.
Hozir Amerika shaharlarida Demokratik partiya dominanta. Shunday ekan, muxolif respublikachilar bu shaharlar ahli bevosiya ovoz berish tartibiga o’tishidan manfaatdor emas. Saylovchilar kollegiyasi qulay hozir oppozitsiya uchun.