Breaking News

AQSh Ukrainani himoya qilishda davom etadi


Prezident Obama Avstraliya rahbari Toni Abbot bilan, Katta Yigirmalik sammiti, Brisban, 15-noyabr, 2015
Prezident Obama Avstraliya rahbari Toni Abbot bilan, Katta Yigirmalik sammiti, Brisban, 15-noyabr, 2015

Avstraliyaning Kvinslend universitetida so'zlar ekan, AQSh rahbari Rossiyani dunyo tinchligiga tahdid solayotganlikda aybladi.

Prezident Barak Obama deydiki, Amerika Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qilishda, Kremlni o'z qilmishlari uchun jazolashda davom etadi.

Avstraliyaning Kvinslend universitetida so'zlar ekan, AQSh rahbari Rossiyani dunyo tinchligiga tahdid solayotganlikda aybladi. O'tgan yoz Ukraina osmonida yo'lovchi samolyoti urib tushirilgani buning yaqqol isboti, deydi Obama.

Amsterdamdan Kuala Lumpurga ketayotgan samolyot Ukraina sharqida Rossiya quvvatlovidagi separatistlar tomonidan nishonga olingani gumon qilinadi.
Amerika razvedkasi buni isbotlovchi aniq dalillar bor deb keladi. Avstraliya va Yevropa Ittifoqi ham shunday xulosaga kelgan.

"Bu dahshatli fojia... Qanchadan qancha begunoh insonlar nobud bo'ldi, ular orasida sizning yurtdoshlaringiz",- deydi Obama Avstraliyadagi ma'ruzasida.

Ukraina hukumati separatistlar bilan murosa qilishga urinayotganini qayd etmoqda, "lekin hujumlarga ham javob berishga majburmiz", - deydi prezident Petro Poroshenko.

Rossiya esa unga nisbatan ayblovlarni inkor etib keladi.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk nazarida uning davlati Rossiyaga qarshi tura oladigan armiya yaratishi kerak.

NATO, Yevropa Ittifoqi va Amerika yordamni oshirishi lozim, deydi u.

Kreml Kiyevni sulhni buzganlikda tanqid qilsa, Ukraina Rossiyani urushni avj oldirayotganlikda ayblaydi.

Katta Yigirmalik sammitida ishtirok etayotgan Vladimir Putinning aytishicha, Amerika xalqaro hamkorlik shartlaridan chetga chiqib ketgan. Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo'yilgani adolatsizlik, deydi prezident.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG