Breaking News

Obama tabriklar uchun dunyodan minnatdor


Prezident Barak Obama telefonda, Oq Uy, Vashington, 8-noyabr, 2012
Prezident Barak Obama telefonda, Oq Uy, Vashington, 8-noyabr, 2012
Prezidentlikka qayta saylangan Barak Obama AQShning yaqin ittifoqchilariga qo'ng'iroq qilib, ular bilan hamkorlikni kengaytirishga shay ekanini bildirgan.

Oq Uyning bildirishicha, butun dunyodan tabriklar yog'ilmoqda.

Bugun Obama 12 davlat rahbari bilan alohida gaplashgan:

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron, Misr rahbari Muhammad Mursiy, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Turkiya Bosh vaziri Rejep Tayyip Erdo'g'an, Avstraliya Bosh vazirasi Juliya Gillard, Braziliya prezidenti Dilma Russeff, Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, Germaniya kansleri Angela Merkel, Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla.

Prezident, shuningdek, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan muloqot qilgan.

Rossiya rahbariga hali telefon qilinmagan. Kecha prezident Vladimir Putin Oq Uyga tabriknoma yo'llagan edi. Dunyo tinchligi uchun ikki davlat hamkorlikni kengaytirishi juda muhim, degan Putin. U Obamani kelasi yil Moskvaga taklif qilgan.

Bosh vazir Dmitriy Medvedev esa Obamani g'alaba bilan Twitter orqali tabriklagan edi.

Obama jahon ahlidan quvvatlov uchun minnatdor, ammo yurtida mislsiz muammolar bilan yuzlashmoqda.

Byudjet va moliyaviy yetishmovchilik bilan bog'liq masalalar hal etilmasa, yangi yilda Amerika xalqi iqtisodiy jar yoqasiga boradi. Yana bir inqiroz bo'lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda ekspertlar.

Obama bugun Vakillar Palatasi raisi, respublikachi kongressmen Jon Beynerga telefon qilib, muxolifat bilan murosaga tayyor ekanini aytgan.

Biroq murosa shartlari demokrat rahbarga ma'qul kelmasligi mumkin. Respublikachilar boylar uchun soliqni oshirishga keskin qarshi. Ular ijtimoiy himoyani qirqishni taklif qilmoqda.

Senatda demokratlar hukmron. Ular sardori Garri Rid ijtimoiy himoyaga hech kim qo'l tekkizmaydi deya ogohlantirmoqda.

O'tgan yili spiker Beyner va prezident Obama orasida kechgan moliyaviy muzokara ish bermagan edi.

Obama g'olib, Romni mag'lub/Obama's victory, Romney's concession
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:27 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG