Breaking News

AQShda tibbiy xizmat qimmatlashishi mumkin


Amerikada yangi islohotlar qarshilikka uchramoqda /Obamacare cost
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Amerikada yangi islohotlar qarshilikka uchramoqda /Obamacare cost

AQShning “Obamacare” nomini olgan yangi sog’liqni saqlash dasturi 1-oktabrdan kuchga kirdi. Kongressdagi muxolif guruhlar qonunni to’sish uchun byudjet qabulini paysalga solayotganiga qaramay, minglab sug’urtasiz amerikaliklar allaqachon dastur ro’yxatiga yozilyapti.
Sog'liqqa oid yangi qonun atrofidagi bahslar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling
Yangi qonun sharofati bilan Jeyms Metyus kabi kam ta’minlangan oilalar endi “Medicaid” davlat dasturi asosida sog’liq sug’urtasiga ega bo’lishi mumkin. Metyus diabet bilan og’riydi.

“Xursand bo’lgan tomonim shuki, surunkali xastaligim bo’lishiga qaramay, ular menga sug’urta berishni rad etishmadi”, - deydi u.

Ney Viteker yolg’iz ona. Yangi dastur bo’yicha u ham sog’liq sug’urtasi uchun subsidiya oladigan bo’lyapti.

“Fuqarolarimiz holidan xabar olish fursati keldi. Har bir odamning sug’urta bilan ta’minlanganiga ishonch hosil qilishimiz kerak”, - deydi u.

Obama qonuni kam ta’minlangan fuqarolar uchun ayni muddao bo’lsa ham, ko’pchilik uning uzoq muddatli foydalarini shubha ostiga oladi.

Senat moliya qo’mitasida maslahatchilik qilgan Kristofer Kondelusi qonunning tayyorlanishida bevosita ishtirok etgan.

“Ko’proq odam sug’urtaga ega bo’lsa va ular biz kutgandan ko’ra ko’proq tibbiy xizmatlarga murojaat etsa, bu sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini keskin oshirib, natijada xizmat ko’rsatishning qimmatlashib ketishiga olib keladi. Buning ta’siri hammaga bilinadi”, - deydi u.

Shuning uchun qonun, yoshu qari, sog’lom yoki kasal bo’ladimi, hammani a’zo bo’lishga majburlaydi. Har bir odam dastur uchun o’z hissasini to’lashi kerak. Aks holda jarimaga tortiladi. Ammo Kondelusining aytishicha, sog’lom odamlar har oy sug’urtaga to’lagandan ko’ra, oylik daromadining bir foizini yoki 95 dollar jarima to’lashni afzal ko’rishi mumkin.

“Buning axloqiy zarari bor. Kimdir sug’urtaga ega bo’lmasdan yuradi-da, kasal bo’lganda dasturga qo’shilib oladi. Natijada tibbiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari ko’tarilib, hamma uchun xizmat ko’rsatish narxlarining oshishiga olib keladi”, - deydi u.

Obama qonuni sobiq respublikachi gubernator Mit Romni davrida Massachusetsda yo’lga qo’yilgan tizim asosida ishlab chiqilgan. Romni qonunida dasturga bo’ysunmaganlar uchun kattaroq jarima belgilangan. Obama dasturining iqtisodiy jihatdan yashab qolishi uchun ham tegishli choralar ko’rilishi lozim. Ammo siyosiy jihatdan tarqoq Kongress orqali buni amalga oshirish juda mushkul.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG