Breaking News

Neft narxining pasayishi geosiyosiy o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda


Neft narxi va geosiyosat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Dunyo bo'ylab neft narxi so'nggi 10 yil ichida eng quyi nuqtaga yetdi. Buning sabablari global ehtiyojning kamayishidan tortib dollar qiymatining oshishigacha bo'lgan turli omillar bilan bog'liq. Arzon neft iste'molchilar joniga oro kirayotgan bo'lsa-da, iqtisodiyoti qora moyga bog'liq davlatlar bundan aziyat chekmoqda.

Oxirgi 10 yilda neft narxi bunchalik tushmagan edi. AQShda hozir bir litr benzin o'rtacha 53 sent. Aholi uchun yangi yil sovg'asi bu.

"Bir yil oldin 50 dollarga to'ldirardim. Hozir 36 yoki 38 dollarga mashinam to'ladi", - deydi bir haydovchi.

Tahlilchi Robert Sinkleyrning aytishicha, arzon neftdan AQSh iqtisodiyoti yiliga 115 milliard dollar, har bir iste'molchi esa 555 dollar foyda ko'radi.

"Bu narsa davom etadiganga o'xshaydi. Neft zaxiralari hali ko'p. Kelasi oylarda qayta ishlanmagan neft narxi yanada pasayishi kutilyapti. Demak, kelasi oy narxlar yana 25-30 sent arzonlashishi mumkin", - deydi u.

Iqtisodchi Fred Bergstenga ko'ra, neft ishlab chiqaruvchi davlatlar katta yo'qotishlarga uchramoqda.

"Rossiya, Saudiya Arabistoni, Venesuela, AQShdagi neft qazuvchi kompaniyalar yutqazadi. Ammo AQShda xarajatning kamayishi bu zararni qoplaydi", - deydi u.

Xomashyo dollarda baholanishi sabab almashinuv kursining balandligi narxlarning tushishiga sabab bo'lmoqda, deydi ayrimlar. Ammo bu talab va taklif natijasi xolos, deydi tahlilchi Piter Kardillo.

"Global bozorda talab kamaysa, sotilmagan mahsulot ko'payib ketadi. Natijada neft narxlari tushib, hozirgi holat yuz beradi", - deydi u.

Bu narxlarning geosiyosiy oqibatlari ham bor. Masalan, Rossiya uchun.

"Besh-o'n yil oldin neft narxlari baland bo'lgan payt Putin ham osmonda edi. Energiya bahosi qulagandan beri u xorijiy sarguzashtlarga qo'l urdi. Ukraina, Suriya va boshqa joylardagi mojarolarga aralashib, aholini iqtisodiy muammolardan chalg'itishga urinmoqda", - deydi Bergsten.

Neft bahosi yaqin orada ko'tarilishi kutilmayapti. Jahon banki va Xalqaro Valyuta jamg'armasi hisob-kitobiga ko'ra, 2016-yilda bir barrel neft narxi 20 dollar atrofida bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG