Pokiston shimolida vertolyot halokatida yetti kishi halok bo'lgan. O'lganlar orasida Filippin va Norvegiyaning elchilari, shuningdek, Malayziya va Indoneziya elchilarining rafiqalari.
Uchuvchi va ekipajning bir a'zosi ham nobud bo'lgan.
Armiya so'zlovchisi, general Osim Bajvalning aytishicha, omon qolganlar bor - Polsha va Niderlandiya elchilari tirik. Vertolyotda jami 17 odam bo'lgan.
Pokistondagi toliblar hujumni amalga oshirganini da'vo qilayapti. Jangarilar Bosh vazir Navoz Sharifni nishonga olmoqchi bo'lgan.
Lekin Mudofaa vazirligi halokat texnik nosozlik sabab ro'y berdi, demoqda.
Pokiston rasmiylarining aytishicha, 30 dan ziyod diplomatik missiya rahbarlari va ularning oilalari, shuningdek, mahalliy rasmiylar uch vertolyotda Gilgit shahriga ekskursiyaga yo'l olayotgan bo'lgan.