Breaking News

Navoz Sharif Amerika bilan aloqani mustahkamlash tarafdori


“Navoz Sharif panjoblik kapitalist. U kapitalizm gullab-yashnashini, bozor erkin bo’lishini, xususiy bizneslar ko’payishini, odamlar pul qilishini xohlaydi. Shu bilan birga, u juda taqvodor musulmon”.
“Navoz Sharif panjoblik kapitalist. U kapitalizm gullab-yashnashini, bozor erkin bo’lishini, xususiy bizneslar ko’payishini, odamlar pul qilishini xohlaydi. Shu bilan birga, u juda taqvodor musulmon”.
Pokistonda shanba kungi parlament saylovlarida berilgan ovozlar deyarli hisoblab bo’lingan. Sobiq bosh vazir Navoz Sharifning g’alaba qozongani taxmin qilinmoqda.

Pokiston saylov komissiyasining bildirishicha, ovozga qo’yilgan 272 o’rindan 123 tasi Navoz Sharifning partiyasiga nasib etgan. Partiyani mustaqil nomzodlar qo’llab-quvvatlasa, qonunchilik organida aksariyat ko’pchilikni qo’lga kiritishi kutilmoqda. (Parlamentda 342 o’rin bo’lib, 70 o’rin ayollar va ozchilik elatlar uchun ajratilgan)

Pokistondagi saylovda Navoz Sharif oldinda/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00
Yuklab oling

Hukmron Pokiston Xalq partiyasi ixtiyorida 31 o’rin bor. Sobiq kriketchi Imron Xonning Pokiston Tahriki Insof partiyasi esa 26 mandat bilan uchinchi o’rinda.

Navoz Sharif Qo’shma Shtatlar bilan mustahkam aloqalar tarafdoriman, deydi. Ammo Vashington Islomobodning pilotsiz samolyotlar hujumi yuzasidan xavotirini jiddiy qabul qilishi zarur, deydi u.

Bu havo hamlalari Pokistonda kuchli e’tiroz uyg’otib keladi. Mazkur operatsiya Afg’oniston bilan chegaradosh hududda yashiringan jangarilarga qarshi qaratilgan.

Amerikalik olima Liza Kurtis nazarida Vashington-Islomobod rishtalari bundan buyon ham tarangligicha qoladi.

“Terrorizm borasida qarashlarimiz tubdan farq qiladi. Pokiston nazarida, AQShning global aksil-terror harakatlari, ayniqsa, uchuvchisiz samolyot hujumlari aslida muammoni avj oldirayapti. Qo’shma Shtatlar fikricha, gap Pokistonning terrorizm yuzasidan mavhum, ikkiyuzlamachi siyosatida. Bu ziddiyat o’z-o’zidan yo’qolmaydi”, - deydi Kurtis.

Navoz Sharif qo’shnisi, azaliy raqib Hindiston bilan ham orani yaxshilamoqchi. Bu Pokistonning zaif iqtisodiga yordam berishi aniq, deydi mahalliy tahlilchi Imtiyoz Gul.

“Pokistonda iqtisodiy muammolar odamlarni holdan toydirgan. Xalq asabiy. Ishsizlik darajasi yuqori, ishlab chiqarish keskin pasayib ketgan. Ekstremizm, diniy radikalizm ham Navoz Sharif hal qilishi zarur bo’lgan dolzarb masala”, - deydi olim.

Bundan tashqari, energiya ta’minotidagi uzilishlar, pulning qadrsizlanishi yechimini kutayotgan jiddiy muammolardan.

Elchi Haqqoniy so’zlariga ko’ra, Sharif bizneslarni qo’llab-quvvatlashi, islomga ixlosi balandligi bilan ajralib turadi.

“Navoz Sharif panjoblik kapitalist. U kapitalizm gullab-yashnashini, bozor erkin bo’lishini, xususiy bizneslar ko’payishini, odamlar pul qilishini xohlaydi. Shu bilan birga, u juda taqvodor musulmon”, - deydi sobiq elchi.

Vashington Islomoboddan jangarilarga qarshi kurashni davom ettirib, Afg’onistondagi urushni tugatishda yordamini ayamaslikni so’rab keladi.

Navoz Sharif siyosiy qarorlar qabul qilishda qudratli armiya bilan hisoblashishi kerak bo’ladi.

Sharif 1990-1993-yillar oralig’ida bosh vazirlik qilgan. Ammo korrupsiyaga botganlik haqidagi ayblovlar ostida lavozimidan ketishga majbur bo’lgan. 1997-yilda yana hukumat rahbarligiga qaytgan. Ammo ikki yil o’tar-o’tmas, harbiy to’ntarish natijasida hokimiyatdan ag’darilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG