Qo’shma Shtatlarning bildirishicha, Pokiston Eron bilan imzolagan gaz quvuri loyihasi bois iqtisodiy sanksiya bilan jazolanishi mumkin. 7 milliard dollarlik loyiha Pokistonning energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
20 yillik sa’y-harakatlar natija berib, Eron va Pokistonni bog’lovchi “tinchlik quvuri” da olg’a siljish ko’zga tashlanayapti. Eron tomonida 900 kilometrlik quvur bitdi hisob. Endi eronlik ishchilar Pokistondagi qurilish ishlariga kirishayapti.
Loyiha Amerikaning e’tiroziga sabab bo’lib keladi. Xalqaro hamjamiyat islomiy respublikaning yadroviy dasturini nishonga olish maqsadida energiya eksportiga sanksiyalar qo’ygan edi.
Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajodning aytishicha, gaz quvurining yadroviy izlanishlarga aloqasi yo’q.
“Pokiston va Eronning taraqqiyotiga qarshi chiqayotgan xorijiy elementlar yadroviy dasturimizdan ayb izlayapti. Gaz quvuri va yadro tadqiqotlari o’rtasida mutlaqo aloqa yo’q. Tabiiy gaz bilan atom bombasi yasab bo’lmaydi”, - deydi Ahmadinajod.
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy so’zlariga ko’ra, quvur iqtisodiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan.
“Iqtisodiyotni o’ylab ish ko’rishimiz kerak. Pokiston uchun bu tirikchilik bilan bog’liq muhim masala”, - deydi Zardariy.
Amerika Universiteti professori Akbar Ahmad nazarida ham Pokistonning energiyaga talabi AQShning e’tirozidan ustun kelishi aniq.
Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland so’zlariga ko’ra, quvur qurilishi shu zaylda davom etaversa, Eronga doir sanksiyalar asoratini amalda ko’rish mumkin bo’ladi.
“Bu haqda Pokistonni avval boshdan ogohlantirganmiz”, - deydi u.
Pokiston nazarida bu quvur uchun istisno qilinishi kerak.
“Dunyo ahli bizning talablarimizga quloq solib, tushunishga harakat qilsin. Pokistonga shu loyihada yo’l berishsin, axir”, - deydi prezident Zardariy.
Amerika Universiteti professori Akbar Ahmadning aytishicha, Tehron AQShning sanksiyalari Pokistonni Eronga yuzlanishga majbur qiladi degan umidda.
“Qo’shma Shtatlar Pokistonga bosim o’tkazmasligi, ilojsiz bir ahvolga solmasligi kerak. Beqaror, iqtisodiy jihatdan zaif Pokiston shundoq ham arang turibdi. Hamma muammolarda Amerikani ayblashlari ham sir emas. Vashington bosimga zo’r bermagani ma’qul”, - deb hisoblaydi professor Ahmad.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o’tgan hafta Kobuldan keyin Islomobodda to’xtab o’tishi va gaz quvuri loyihasini muhokama qilishi kutilgan edi. Lekin Pokistonda saylovlar arafasida ahvol qaltis ekan, Amerika rasmiylari safarni bekor qilishga qaror qildi.