“Tahriki Tolibon” harakatining bildirishicha, ular qo'lidagi 25 bola 10-18 yosh orasida va Pokistondan Afg’onistonga o’tayotgan paytda tutilgan.
“Bu o’smirlar bo’lajak jangarilar”, deya bayon qiladi toliblar, “Ular taqdiri harakat yetakchilari qo’lida”.
Pokiston rasmiylarining aytishicha, bu bolalar hududda aylanib yurganida toliblarning qo’liga tushib qolgan.
Aslida 40 o’smir ushlangan, lekin 15 nafari, juda yosh deb hisoblanganlari, qo’yib yuborilgan.
Voqea Bajaur qabilaviy mintaqasida ro’y bergan. Oqsoqollar jangarilar bilan muzokara qilib, bolalarni qaytarishga urinmoqda.