Pokiston qonunchilari siyosiy tanglikni yechishga urinar ekan, Yusuf Rizo G’iloniy o’rniga yangi bosh vazirni tanladi.
Sobiq suv va energetika vaziri Raja Parvez Ashrafni bugun parlamentda aksariyat deputatlar qo’llab-quvvatlab chiqdi. Lekin Ashraf korrupsiyada gumon qilinib, mamlakat elektr energetika muammolarida ayblanib, tanqid qilinayotgan arboblardan.
342 deputatdan 211 nafari Ashrafga ovoz bergan. U qonunchilik organida ustunlikni saqlab qolayotgan Pokiston Xalq partiyasi a’zosi.
Muxolif Pokiston Musulmonlar Ligasidan nomzod Sardor Mahtob Abbosiyga 89 kishi ovoz bergan.
Qo’shma Shtatlar bosh vazir bilan bog’liq tortishuv hal qilinganidan mamnun va yangi hukumat bilan ishlashga tayyor.
Oliy Sud seshanba kuni G’iloniyni lavozimga nomunosib topdi. Sal oldin bu organ prezident Osif Ali Zardariyni korrupsiyada gumon qilib, G'iloniydan tergov ishiga yo’l berishni so’ragan edi.
G'iloniy rad javobini berib, o’z ishidan ayrildi. Uning hukumati shu paytgacha keng ko’lamli ishsizlik, jangarilar xurujlari, AQSh bilan tarang aloqalar bois tanqid ostida qolayotgani sir emas edi.
Pokiston tarixida Oliy Sud bosh vazirni birinchi bor lavozimdan bo’shatishi. Muxolifat qarorni olqishlab, korrupsiya va sust hukumatga qarshi kurash alomati, deya xursand.