Kecha Pokistonda minglab odamlar hukumatning NATO kuchlari uchun tranzit yo’llarini ochish qaroriga norozilik bildirib, poytaxt Islomobodda namoyish qilgan.
O’tgan yil noyabrida pokistonlik 24 askar AQSh havo hujumida halok bo’lgach, Afg’onistondagi koalitsiya qo’shinlariga yuk yetkazuvchi marshrut yopilgan edi.
Qo’shma Shtatlar o’tgan hafta voqea bo’yicha rasman uzr so’raganidan so’ng yo’llar ochildi, ammo bundan aholining bir qismi norozi.
Namoyishchilar yakshanba kuni mototsikl, avtomobil, yuk mashinalarida sharqdagi Lohur shahridan poytaxtgacha 300 kilometrlik masofani bosib o’tdi.
Tadbir boshida Vashington-Islomobod aloqalarini tugatishni maqsad qilgan konservativ islomiy kuchlar koalitsiyasidan iborat Pokiston mudofaasi kengashi degan tashkilot turibdi.
"Amerika mustamlakasidan qutulmoqchimiz. Pokiston yaralgandan beri Amerikaning mintaqada aralashuvi kuchaydi. Pokiston bundan faqat zarar ko’rmoqda. Iqtisodiyotimiz, institutlarimiz barbob bo’lyapti", - deydi koalitsiyaga a’zo tashkilot rahbarlaridan biri.