Breaking News

Pokiston jangarilarga qarshi kurashni kuchaytirmoqda


Pokiston hukumati Tolibonga qarshi kurashni kuchaytirmoqda. Rasmiylariga ko’ra, so’nggi muzokaralar ish bermaganiga qaramasdan muloqot davom etadi, ammo jangarilarning qayta hujum boshlashiga imkon berib bo’lmaydi.
Pokistonning jangarilarga qarshi harbiy amaliyoti, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00
Yuklab oling
“Tahriqi Tolibon Pokiston” (TTP) nomi bilan taniqli jangari guruh 2007-yildan beri hukumatga qarshi kurashib keladi. Guruh da’vosiga ko’ra, Pokiston AQSh bilan hamkorlik qilib, katta xatoga yo’l qo’ygan. So’nggi oylarda Bosh vazir Navoz Sharif Tolibon vakillari bilan tinchlik muzokaralari olib bordi, ammo bu harakatlardan kutilgan natijaga erishilgani yo’q.

O’tgan hafta Pokiston armiyasi Shimoliy Vaziristonda katta amaliyot o’tkazib, 60 ga yaqin terrorchi o’ldirilgani qayd etilmoqda.

Vaziyatni tahlil qilib kelayotgan Lisa Kurtis deydiki, bu amaliyot jangarilar hujumining oldini olishga qaratilgan.

“Nazarimda, Pokiston hukumati bir paytning o’zida ham muloqot qilmoqda, ham kurash olib bormoqda. Shimoliy Vaziristonda yaqinda o’tkazilgan amaliyot ana shu katta strategiyaning bir qismi”, - deydi u.

AQSh Tinchlik institutidan Muid Yusuf jangarilarga qarshi kurash uzoq vaqt olishini aytadi.

“Bu kurash orqali bir qator guruhlarning markaziga hujum qilish ko’zlangan. Ya’ni, jismonan mahv etish yo’lini tutib, ularni doim qochib yurishga majburlashmoqchi.Ammo vaqt o’tishi bilan ular qayta birlashib, o’zlariga boshqa joy topishadi va bu jarayon yana davom etadi”, - deydi Yusuf.

Pokistonda jangarilar bo’yicha qarashlar turlicha. Ayrim siyosiy partiyalar tinchlik muloqotini davom ettirish tarafdori bo’lsa, boshqalari bundan foyda yo’q ekanini ta’kidlaydi.

“Pokiston davlati muloqot o’rnatishni xohlaydigan yoki mag’lub bo’lib, davlat shartlarini qabul qilishga rozi bo’lgan odamlar bilan gaplashishni istaydi. Menimcha, hukumat muzokaralarda hali bu darajada yetakchilikni qo’lga kiritgani yo’q”, - deydi Yusuf.

Ammo Pokiston hukumati muloqotni g’olib taraf sifatida olib borishi mumkin, deydi Lisa Kurtis.

“Harbiylar zarur deb hisoblagan paytlarida jangarilarga hujum qilishga tayyor ekanliklarini ko’rsatyapti. Shu taktika sabab ham Tolibon bilan muzokaralarda Pokiston ustun bo’ladi”, - deydi Kurtis.

Ko’plab ekspertlar nazarida, agar Pokiston Toliboniga qarshi qaratilgan so’nggi hujumlar guruhga jiddiy shikast yetkazsa, shundan so’nggina tinchlik muzokaralari ijobiy natija olib kelishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG