Breaking News

Falastin BMT Xavfsizlik Kengashiga chiqdi


Amerika bosh diplomati Jon Kerri, Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Iordaniyada uchrashayapti. 13-noyabr, 2014-yil.
Amerika bosh diplomati Jon Kerri, Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Iordaniyada uchrashayapti. 13-noyabr, 2014-yil.

Falastin ma'muriyati BMT Xavfsizlik Kengashiga maxsus rezolyutsiya loyihasini yo'llagan.

Unda Isroil bilan tinchlik muzokaralarini bir yoqli qilishga bir yil tugal muhlat berish, 2017-yilgacha Isroildan Falastin yerlarini butunlay tark etish so'raladi.

Isroil nazarida bu taklif oraga ko'proq sovuqchilik olib kiradi.

Falastin davlati taqdiri bir yilda hal bo'lishi kerak, deyiladi Falastin nomidan Iordaniya taqdim etgan rezolyutsiyada.

Hujjat ma'qullanishi uchun kengashning 15 a'zosidan to'qqiz nafari rozi bo'lishi kerak. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi veto qo'yishi mumkin.

Veto huquqiga egalar - Britaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya va Qo'shma Shtatlar. Amerika yaqin ittifoqchisi Isroilni nishonga oluvchi har qanday hujjatga veto qo'yib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG