Ozod Falastin tashkiloti Prezident Mahmud Abbosni Isroil bilan xavfsizlik bo'yicha hamkorlikni to'xtatishga chaqirayapti.
Shu bilan Isroilni Falastinni soliq daromadidan ayirish qarori uchun jazolamoqchi.
Tashkilot Falastin ma'muriyatida qaror chiqaruvchi muhim idoralardan.
Prezident Abbos va Isroil hali munosabat bildirganicha yo'q.
Sal oldin Falastin Xalqaro jinoiy sudga qo'shilish istagini bildirgan, bundan norozi Isroil yanvarda Falastinga suv va havodek zarur soliq tushumlarini muzlatgan edi.
Falastin va Isroil xavfsizlik masalasida hamkorlik qilar ekan, zo'ravonlik hamda to'qnashuvlarga doir ma'lumotni almashib keladi.
Bu hamkorlik nisbatan tinchlikni ta'minlashda muhim o'rin tutishi aytiladi.